Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQSh IShIDning kimyoviy qurol yaratish bo‘linmasi rahbarini ushlaganini tasdiqladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 215           Дата: 11-03-2016, 12:18          
AQSh harbiylari fevral oyida Iroqda o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida IShID ekstremistik guruhining kimyoviy qurol yaratish bo‘linmasiga rahbarlik qilib kelgan yetakchilaridan birini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Pentagon bayonotiga tayanib, Reuters xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.

AQSh IShIDning kimyoviy qurol yaratish bo‘linmasi rahbarini ushlaganini tasdiqladi

Ilgariroq AQSh maxsus bo‘linmalari terrorchi guruhning kimyoviy qurol bilan shug‘ullangan boshliqlaridan birini qo‘lga olgani haqida xabar tarqatilgan edi. Ammo Iroq parlamentining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Hakim az-Zamiliy bu ma’lumotni inkor qildi. Xususan, u terrorchining nomi (Sulaymon Dovud al-Afariy) o‘ylab topilganini e’tirof etdi. AQSh vakillari masalaga oydinlik kiritib, gap boshqa shaxs haqida ketayotganini ma’lum qildi.

Pentagonning bayonotida aytilishicha, Abu Dovud nomi bilan ma’lum Sulaymon Dovud al-Bakkarning qo‘lga olinishi “IShIDning asosiy yetakchisini jang maydonidan chiqardi”. Abu Dovud 10-mart kuni Iroq hukumatiga topshirildi.

AQSh harbiylari Abu Dovuddan IShIDning kimyoviy qurol yaratish bo‘yicha obyektlari haqida ma’lumot olib, bu ishga jalb qilingan odamlarni aniqlagan. Shu axborot asosida koalitsiya kuchlari ko‘rsatilgan nuqtalarga bir nechta aviazarba bergan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн