Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Xakerlar savodsizlik tufayli Bangladesh Markaziy bankidan 1 mlrd dollarni o‘g‘irlay olmadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 120           Дата: 11-03-2016, 09:35          
Qabul qilib oluvchining nomini yozishda yo‘l qo‘yilgan imlo xatosi xakerlarga Bangladesh Markaziy banki hisoblaridan qariyb 1 milliard dollarni ko‘chirib o‘tkazishga xalal berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Xakerlar savodsizlik tufayli Bangladesh Markaziy bankidan 1 mlrd dollarni o‘g‘irlay olmadi

Markaziy bank tizimini buzib kirib hamda zarur ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, yovuz niyatlilar to‘rtta transh orqali 80 million dollarni o‘g‘irlashga ulgurdi, 20 million dollarlik beshinchi transh esa Nyu-York Federal zaxira bankining qandaydir ishkallikni payqagan xodimlari tomonidan to‘xtatildi, barcha o‘tkazmalar ushbu bank orqali o‘tayotgan edi.

Nyu-York banki xakerlarning jami 850—870 million dollar mablag‘ni Filippin va Shri-Lankadagi tashkilotlarga transfer qilish haqidagi 30 dan ortiq so‘rovlarini qabul qilgan. Ulardan to‘rttasi qondirilgan, natijada firibgarlar hisobiga 81 million dollar kelib tushgan. Beshinchisida esa qabul qilib oluvchi nomida imlo xatosi bo‘lgan: inglizcha “foundation” (muassasa, tashkilot) so‘zi o‘rniga, so‘rovda “fandation” deb yozilgan. O‘tkazmani amalga oshirayotgan mutaxassislar Bangladesh Markaziy bankiga murojaat qilib, buni aniqlashtirishga majbur bo‘lgan, shunda firibgarlik fosh bo‘lgan.

Ayni paytda Bangladesh hukumati o‘g‘irlangan mablag‘ni qaytarishga urinmoqda.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн