Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tataristonda o‘tkazilgan “O‘zbekiston go‘zali” tanlovida 19 yoshli talaba qiz g‘alaba qozondi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 883           Дата: 9-03-2016, 16:13          
7-mart, dushanba kuni Tatariston poytaxti Qozondagi Xalqlar do‘stligi uyida “O‘zbekiston go‘zali” chiroy va iste’dod tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov Gran-prisi sohibasi “Jahon durdonasi” VI xalqaro talabalar festivalida o‘z mamlakati nomidan ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi, deb xabar beradi “Tatar-Inform”.

Tataristonda o‘tkazilgan “O‘zbekiston go‘zali” tanlovida 19 yoshli talaba qiz g‘alaba qozondi

Tanlov Tatariston Respublikasi o‘zbeklari milliy-madaniy muxtoriyati hamda “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari” mintaqaviy jamoat tashkiloti tomonidan o‘tkazildi.

Tanlov uch bosqichdagi sinovlardan iborat bo‘ldi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar o‘zlari haqida gapirib berdi. Ikkinchi bosqich qatnashchilarning ijodiy taqdimotlaridan iborat bo‘ldi. Nihoyat, uchinchi sinovda qizlar o‘z iste’dodini namoyish etib berdi, ya’ni kimdir raqsga tushdi, kimdir qo‘shiq kuyladi, yana kimdir taomlar pishirdi, she’rlar o‘qidi.

Hakamlar hay’ati natijalarni hisob-kitob qilguniga qadar qo‘shiqchi Sardorbek Ataniyazov chiqish qildi.

“O‘zbekiston go‘zali” va “Tomoshabinlar simpatiyasi sohibasi” unvoniga Qozon Federal universitetining 19 yoshli talabasi Sabina Musayeva sazovor bo‘ldi.

Boshqa natijalar:

“Miss maftunkorlik” — Malika Eshmuradova;

“Miss iste’dod” — Go‘zal Madaminova;

“Miss tabassum” — Lola Malyukova;

“Miss intellekt” — Dinara Rahmonqulova;

“Miss tavoze” — Sitora Ahmedova;

“Miss mukammallik” — Oysha Imomqulova;

“Miss latofat” — Shahnoza Eshpo‘latova.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031