Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Jahonda och qolayotgan insonlarning 70 foizini ayollar tashkil qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 706           Дата: 9-03-2016, 14:08          
Jahonda oziq-ovqat mahsulotlarining yarmidan ko‘prog‘i yetishtirilishini ayollar ta’minlaydi, shunga qaramay, ular moddiy boyliklarning adolatsiz taqsimoti qurbonlariga aylanadi, buning natijasida dunyoda och qolayotgan odamlarning 70 foizini ham ayollar tashkil etadi. Bu haqda BMTning ovqatlanish huquqi masalalari bo‘yicha maxsus hisobotchisi Hilola Elver ma’lumot berdi, deb yozmoqda “TASS”.

Jahonda och qolayotgan insonlarning 70 foizini ayollar tashkil qiladi

“Global miqyosda oziq-ovqat mahsulotlarining yarmidan ko‘prog‘ini ishlab chiqarishiga qaramay, ayollar butun dunyoda och qolayotgan insonlarning 70 foizini tashkil qiladi va ovqat yetishmovchiligidan nomutanosib shaklda aziyat chekadi”, — dedi Elver xonim BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashida yangi hisobotini taqdim qilish chog‘ida.

Uning ta’kidlashicha, ko‘pgina mamlakatlarda ayollar past ijtimoiy maqomga ega bo‘lib, oziq-ovqat va moddiy boyliklarning kamroq qismini oladi.

Bu ayniqsa Afrikada, Sahroi Kabirning janubida yaqqol ko‘zga tashlanadi: ushbu mintaqada oziq-ovqat mahsulotlarining 80 foizini ayollar yetishtiradi. Osiyoning turli qismlarida esa ayollar ishchi kuchining 50-90 foizini tashkil qiladi, xususan, guruch yetishtirishda muhim rol o‘ynaydi.

“Jamiyatda jinsiy belgilar bo‘yicha segregatsiya, diskriminatsiyaning diniy va irqiy mansubiyat, toifa va etnik kelib chiqishga asoslangan boshqa turlari bilan uyg‘unlikda ayollarning ahvolini yanada yomonlashtiradi”, — dedi hisobotchi.

O‘zi tayyorlagan 25 sahifalik hisobotda Elver xonim qishloq xo‘jaligidagi “gender nomutanosiblik”ni bartaraf etish uchun mamlakatlar hukumatlariga jinslar o‘rtasidagi munosabatlarning barcha qirralarini inobatga olgan holda siyosat olib borishni tavsiya qildi.

“Ayollarga hurmat, ularni himoya qilish va ularning huquqlariga rioya etish oxir-oqibat oziq-ovqat tizimlaridagi kengroq muammolarning hal etilishiga olib keladi va, umuman olganda, jamoalarga rivojlanish sohasida yanada muvaffaqiyatliroq natijalarga erishishda yordam berishi mumkin”, — xulosa qildi ekspert.

Hisobot taqdimoti 8-mart kuni nishonlanadigan Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan edi. Shu munosabat bilan xalqaro tashkilotning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasi va Jenevadagi bo‘linmasida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн