Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Maykl Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashdan voz kechdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 374           Дата: 8-03-2016, 16:26          
Nyu-Yorkning sobiq meri, Bloomberg axborot agentligi egasi Maykl Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashmasligini ma’lum qildi. Bloomberg View saytidagi ruknida u o‘z nomzodining ko‘rsatilishi milliarder Donald Tramp yoki Texas senatori Ted Kruzning g‘alabasiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi, xabar beradi “RBK”.

Maykl Blumberg AQSh prezidentligi uchun kurashdan voz kechdi

“Ma’lumotlarni ko‘zdan kechirganimda, agarda poygaga qo‘shilsam, yuta olmasligimni tushundim. Ayrim ko‘p millatli shtatlarda g‘alaba qozona olishimga ishonaman, lekin bu saylovchilar kollegiyasining g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 270 ovozini olish uchun kamlik qiladi”, — deb yozadi Blumberg.

Shuningdek, milliarder ovozlarning ko‘pchiligini olganida ham yutib chiqishiga ishonmasligini tan oldi, negaki Kongress a’zolarining ko‘pchilik qismi, uning fikricha, baribir o‘z partiyadoshlarini yoqlab chiqadi.

“Kongressdagi partiyalar tarafdorlari keyingi prezidentni belgilaydi, Amerika xalqi yoki kollegiya emas”, — dedi Blumberg.

“Ayni paytda Kongressning ikkala palatasini respublikachilar nazorat qiladi. Shu bois nomzodimni ko‘rsatishim Donald Tramp yoki senator Ted Kruzning saylanishiga olib kelishi ehtimoli yuqori. Bunday xatarga men tinch ko‘ngil bilan bora olmayman”, — deb so‘zida davom etdi sobiq mer.

Blumbergning yozishicha, Tramp “ziddiyatga va demagogiyaga to‘la” kampaniya olib bormoqda, Kruzning AQShga muhojirlarni qabul qilishda diniy mansubiyatni inobatga olish haqidagi taklifi esa mamlakatda bo‘linishni keltirib chiqaradi.

“Men mamlakatimizni ortiq darajada yaxshi ko‘raman, birligimizni zaiflashtiradigan va kelajagimizga soya soladigan nomzodning saylanishiga yordam berishni istamayman. Shu bois AQSh prezidentligi poygasiga qo‘shilmayman”, — deb xulosa qildi Blumberg.

Shu yil yanvarida Maykl Blumberg AQSh prezidentligi uchun saylovlarda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishga hozirlik ko‘rayotgani va saylovoldi kurashi uchun o‘z mablag‘i hisobidan kamida 1 milliard dollar sarflashga tayyor ekanligi ma’lum qilingan edi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн