Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Pomir trakti jahonning eng chiroyli avtoyo‘llari o‘nligida ikkinchi bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 311           Дата: 2-03-2016, 15:52          
Qirg‘izistonning O‘sh shahrini Tojikistonning Xorug‘ va Dushanbe shaharlari bilan bog‘laydigan Pomir trakti jahondagi eng chiroyli avtoyo‘llar reytingida ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. Reyting National Geographic Russia nashri tomonidan tuzilgan.

Pomir trakti jahonning eng chiroyli avtoyo‘llari o‘nligida ikkinchi bo‘ldi

Birinchi pog‘onani Fransiyadagi Verdon darasi egalladi. Undan keyingi sovrinli o‘rinlarni, Pomir traktidan tashqari, Alyaskani kesib o‘tadigan Dalton–Xayvey yo‘li band etdi.

Reytingga, shuningdek, Transfegerash shossesi (Ruminiya), Chu trakti (Rossiya), Atlantika yo‘li (Norvegiya), Katta darvoza yo‘li (Xitoy), Argentinadagi 40-trassa, Katta doira (AQSh) va Buyuk okean yo‘li (Avstraliya) ham kirgan.

Pomir trakti MDH hududidagi eng baland tog‘ yo‘li hisoblanadi. Bu tuproqli avtomobil trassasi Pomirning uch asosiy dovoni — Toldiq (3615 metr), Qizilart (4280 metr), Oqbaytal (4655 metr)dan o‘tadi.

Traktning O‘shni Xorug‘ bilan bog‘laydigan sharqiy qismi 1931–1934-yillarda qurilgan. Bu yo‘ldan yurgan sayyohlar yam-yashil adirlar, yakkam-dukkam o‘tov va chaylalar, shuningdek, Pomir milliy bog‘i va Ibn Sino cho‘qqisi (7134 metr) yonidan o‘tadi.

Bundan tashqari, ko‘pchilik dengiz sathidan 3914 metr balandlikdagi Qorako‘l yaqinida to‘xtab o‘tadi. Bu yerdan Pomir tizmasiga ko‘tarilish boshlanadi.

Traktdan chetlashgan taqdirda, sayyohlar yana bir qancha diqqatga sazovor obyektlarga duch keladi: “Xayr, yoshlik” dovoni, Yamchun otashparastlar qal’asi, Bibi-Fotima qaynar buloqlari va hokazo.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн