Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Alisher Usmonov Forbes tanloviga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat uchinchi odamiga aylandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 369           Дата: 2-03-2016, 03:00          
AQShning Forbes jurnali jahonning eng badavlat odamlari yangi reytingini e’lon qildi. “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, milliarder Alisher Usmonov (boyligi — 12,5 milliard dollar) mazkur ro‘yxatda 73-o‘rinni, Rossiya boylari orasida esa uchinchi pog‘onani egallagan.

Alisher Usmonov Forbes tanloviga ko‘ra Rossiyaning eng badavlat uchinchi odamiga aylandi

Forbes reytingiga ko‘ra, NOVATEK va “Sibur” egalaridan biri Leonid Mixelson Rossiyaning eng badavlat odamiga aylangan (boyligi — 14,4 milliard dollar, umumiy reytingda — 60-o‘rinda), undan keyingi o‘rinni “Alfa-grupp” egalaridan biri Mixail Fridman egallagan (boyligi — 13,3 milliard dollar, umumiy reytingda —63-o‘rinda).

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilda Rossiyaning eng boy uchala odami faqat boyigan: Mixelson 2,7 milliard dollarga, Fridman 1,3 milliard dollarga, Usmonov esa 1,9 milliard dollarga.

Umumiy reytingda 75 milliard dollarlik boylik bilan Microsoft asoschisi Bill Geyts peshqadam. Undan keyingi o‘rinda Zara brendi asoschisi, ispaniyalik Amansio Ortega (boyligi — 67 milliard dollar), Uorren Baffet (60,8 milliard dollar), meksikalik mediamagnat Karlos Slim (50 milliard dollar) va Amazon asoschisi Jeff Bezos (45,2 milliard dollar) bormoqda.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va egasi, 31 yoshli Mark Sukerberg milliarderlarning kuchli yuzligidagi eng yosh milliarder hisoblanadi (reytingda — 6-o‘rinda, boyligi 44,5 milliard dollar). Reytingga kiritilgan 1,8 mingdan ortiq milliarder orasida eng yoshi norvegiyalik Aleksandra Andresendir — u 19 yoshda (reytingda 1476-o‘rinda, boyligi 1,2 milliard dollar).

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031