Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Vorkutada “Shimoliy” konida halok bo‘lgan konchilar bilan xayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 297           Дата: 1-03-2016, 03:50          
Rossiyaning Vorkuta shahridagi “Olimp” sport kompleksida bir necha ming kishi “Shimoliy” konida halok bo‘lgan to‘rt nafar konchi bilan xayrlashish uchun keldi. Marosimda Rossiya FVV rahbari Vladimir Puchkov va Komi rahbari vazifasini bajaruvchi Sergey Gaplikov ishtirok etdi, deya xabar beradi “TASS”.

Vorkutada “Shimoliy” konida halok bo‘lgan konchilar bilan xayrlashish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ta’ziya bildirish uchun nafaqat konchilarning yaqinlari va do‘stlari, balki hamkasblari hamda qutqaruvchilar ham keldi. Komi rahbari o‘z chiqishida avariya yuz berganligi holati bo‘yicha jinoiy ish ochilganligini eslatib o‘tdi.

“Hozir tergov brigadalari tomonidan hodisa sabablari sinchiklab o‘rganilmoqda. Tergov yakunlangach, uning xulosalaridan barchamiz xabardor bo‘lamiz. Mazkur fojia aybdorlari aniqlanishi va tegishli jazo olishlariga ishonchim komil”, — deya ta’kidlagan Gaplikov.

Eslatib o‘tamiz, 25-fevral kuni “Shimoliy” konida metan portlashi tufayli 4 kishi halok bo‘lgan, 26 kishi qamalda qolgandi. Portlash chog‘ida konda 111 kishi bo‘lgan, ulardan 81 kishi yuqoriga olib chiqilgan.

28-fevralga o‘tar kechasi konda qidiruv-qutqaruv ishlari vaqtida yana bir portlash sodir bo‘ldi. Natijada besh nafar qutqaruvchi va bir nafar konchi halok bo‘ldi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri “Shimoliy” konida qamalda qolgan 26 konchining tirik ekanligiga umid yo‘qligini bildirgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн