Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Pokistonda Panjob gubernatorini o‘ldirgan jinoyatchining qatl etilganiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 187           Дата: 29-02-2016, 17:50          
Pokistonning barcha yirik shaharlarida Panjob viloyati gubernatori Salmon Tasirni o‘ldirgan Mumtoz Qadriyning qatl etilganiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.

Pokistonda Panjob gubernatorini o‘ldirgan jinoyatchining qatl etilganiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Jinoyatchi bugun, 29-fevral kuni Ravalpindi shahridagi Adijala qamoqxonasida, afv etishlarini bir necha bor so‘ragani hamda qator diniy tashkilot va partiyalarning iltimoslariga qaramay, osib o‘ldirilgan edi.

Qadriy qatl etilgani haqidagi xabar tarqalishi hamonoq, uning o‘nlab tarafdorlari Ravalpindidagi yo‘llarni to‘sib, mamlakatda hukmron Pokiston musulmon ligasining yetakchilari tasvirlangan plakatlarni yoqa boshladi. Kunduzi Qadriyning jasadi olib kelingan uning uyi atrofida esa diniy tashkilotlarning yuzlab faollari to‘plandi.

Namoyishchilar “Islomobod–Ravalpindi” va “Islomobod–Lahor” shosselarini yopib qo‘ygani aytilmoqda. Peshovarda bir qancha avtotrassalar, Karachida esa yoqilg‘i quyish shoxobchalari berkitib qo‘yildi. Islomobodda tezkor avtobus yo‘nalishi harakati to‘xtatib qo‘yildi.

Tartibsizlik oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha axborot yo‘q. Qadriyning 1-mart, seshanba kuni o‘tadigan dafn marosimida yanada keng miqyosli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Politsiya maxsus bo‘linmasining sobiq jangchisi va Salmon Tasirning tan soqchisi hisoblangan Mumtoz Qadriy 2014-yilning 4-yanvarida Islomobod bozorlaridan birida Panjob gubernatorini otib tashlagan edi. Qadriy o‘z harakatiga sabab sifatida gubernator kufr to‘g‘risidagi qonunni erkinlashtirishni bir necha bor ommaviy tarzda talab qilganini ko‘rsatgandi.

Mazkur qonunga muvofiq, Pokiston hududida payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni, Qur’oni Karimni va islomning boshqa ahkomlarini haqorat qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi va bu harakatni sodir etgan shaxs o‘lim jazosiga mahkum qilinadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн