Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindistonda 35 yoshli erkak oilasining 14 nafar a’zosi, jumladan, sakkiz nafar bolani o‘ldirdi va joniga qasd qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 340           Дата: 28-02-2016, 19:01          
Hindistonning Maxarashtra shtati, Txane shahrida 28-fevral, yakshanbaga o‘tar kechasi 35 yoshli Xansil Varekar oilasining 14 nafar a’zosi, jumladan, sakkiz nafar bolani o‘ldirdi va joniga qasd qildi. Bu haqda The Indian Express nashriga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Hindistonda 35 yoshli erkak oilasining 14 nafar a’zosi, jumladan, sakkiz nafar bolani o‘ldirdi va joniga qasd qildi

Fojia arafasida oilada mehmondorchilik o‘tkazilgan va qarindoshlarning aksar qismi tunash uchun uyda qolgandi.

“Qotil uy eshiklari, chiqish joylarini mahkamlab tashlaganini taxmin qilish mumkin. Shundan so‘ng uxlab yotgan oilasining barcha a’zolarini jasadi yonidan topilgan pichoq bilan so‘yib tashlagan. Keyin o‘zini osib o‘ldirgan”, — deya hikoya qiladi mahalliy politsiya komissari Ashutosh Dumbare.

Ota-onasi, uch nafar singlisi, xotini va sakkiz nafar bola Varekarning qurboni bo‘ldi. Og‘ir yaralangan singillaridan biri qichqirib, yordamga chaqira boshlagan. Bu qichqiriqlarni qo‘shni uyda yashovchi oilaning yana bir qarindoshi eshitib, eshikni ochishga harakat qilgan. Biroq eshik tambalangani sababli ichkariga kirolmagach, deraza panjarasini buzib, uyga kirgan va fojiaga guvoh bo‘lgan. Uyda bo‘lganlardan faqat bir ayol tirik qolgan va u shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur jinoyatga undagan sabablar hozircha ma’lum emas, politsiya tekshiruv olib bormoqda.

Oldinroq AQShning Vashington shtatida erkak oilasining to‘rt nafar a’zosini otib o‘ldirgach, o‘z joniga qasd qilgani xabar berilgandi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031