Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 058           Дата: 27-02-2016, 10:26          
Hindiston va Pokiston chegarasidagi Xunza daryosi vodiysi gohida “navqironlik vohasi” deb nomlanadi. Bu yerda istiqomat qiluvchi odamlar kasal bo‘lmaydi, yosh ko‘rinadi va 110—120 yil yashaydi. “Interesno” sayti bu qavmning sirlari haqida hikoya qilib berdi.

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

1. Xunza ahli, qo‘shni qavmlardan farqli ravishda, tashqi ko‘rinishi jihatidan yevropaliklarga juda o‘xshashdir. Afsonaga ko‘ra, Iskandar Zulqarnaynning Hindistonga yurishi chog‘ida bir guruh yunon askarlari bu yerda o‘z davlatiga asos solgan.

Ular bu yerda o‘rnatgan tartibga ko‘ra, aholi qilich va qalqon bilan yurish, uxlash va hatto raqs tushishga majbur bo‘lgan.

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

2. Xunzakutlar (yoki burishlar) dunyoda ulardan boshqa xalqlar ham “tog‘lik” deb atalishini bilganida miyig‘ida kulib qo‘yadi. Ularning fikricha, bu maqomga faqat dunyoning eng baland uch tog‘ tizmasi – Himolay, Hindukush va Qoraqurum birlashadigan nuqtada yashaydigan qavm munosib.

Yer sayyorasidagi 8 kilometrdan baland 14 cho‘qqining beshtasi vodiyning yaqin atrofida joylashgan. Ular orasida balandligi jihatidan Everestdan keyingi o‘rinda turuvchi K2 (8611 metr) ham bor.

Bundan tashqari, mahalliy “qotil cho‘qqi” – Nanga-Parbat (8126 metr) eng ko‘p alpinistlarni halok qilgan mudhish joydir. 7 va 6 kilometrlik cho‘qqilar esa Xunzada yanada ko‘proq.

Ular orqali o‘tish – deyarli imkonsiz narsa. Faqatgina tor so‘qmoqlar va dovonlardan kechish mumkin. Qadimda bu yo‘llar mahalliy hukmdorlarga boj shaklida kattagina daromad keltirgan.

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

3. Xunza, boshqa hududlar, birinchi galda Kashmir bilan bir qatorda, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi 60 yildan beri to‘xtamayotgan ixtilof sababchisi bo‘lib kelmoqda.

Ikki kapitan

Mahalliy aholi vakillari Karimobod uzra qad ko‘tarib turgan qoyalardagi Baltit fortini “qasr” deb ataydi. 700 yil muqaddam qurilgan inshoot o‘z vaqtida mahalliy hukmdorga saroy va qal’a bo‘lib xizmat qilgan.

Tashqi ko‘rinishi maftunkor bo‘lishiga qaramay, Fortning ichkarisi qorong‘i va vahimalidir. Xira nur tushib turgan binoda eski hashamatdan asar ham qolmagan. Xonalardan birida yer ostiga, qullar va tutqunlar saqlanadigan zindonga eltadigan tuynuk bor.

Faqat balkonli zal biroz yaxshi taassurot qoldiradi – undan vodiy manzaralari namoyon bo‘ladi.

Zal devorlaridan birida qadimiy cholg‘u asboblari, boshqasida qurollar, asosan qilichlar joylashgan. Xonalarning yana birida ikki portret osilgan: britaniyalik kapitan Yangxazbend va rossiyalik kapitan Grombchyovskiyning suratlari.

1888-yilda Qoraqurum va Himolay qo‘shilgan nuqtada Xunzaning o‘sha paytdagi miri (humkdori) huzuriga rus zobiti Bronislav Grombchyovskiy yetib keldi. O‘shanda Hindiston va O‘rta Osiyo chegarasida Rossiya hamda Buyuk Britaniya o‘rtasida katta o‘yin ketayotgandi.

Harbiy va ayni paytda olim, Imperatorlik geografiya jamiyatining faxriy a’zosi bo‘lgan Grombchyovskiy o‘zi bilan bor-yo‘g‘i olti kazakni olib kelgandi. Gap bu hududlarni bosib olish emas, balki savdo punkti yaratish va siyosiy ittifoq tuzish haqida ketayotgandi.

Xunza miri Safdar Ali rus elchisini iliq kutib olib, kelishuv tuzdi, negaki bu bilan o‘zini Britaniya istilosidan asrab qolishga umid qilgan edi. Bu holat Britaniya Hindistonining Kalkuttada o‘rnashgan vitse-qirolini jiddiy tashvishga soldi. U bu yerga darhol kapitan Frensis Yangxazbend boshchiligidagi otryadni yo‘lladi.

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

4. Ikki kapitan ham “pogonlardagi geograf”lar edi. Ular Pomirga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda bir necha marotaba uchrashgan edi. Endi hamkasblar xunzakutlarning kelajagini aniqlab berishi lozim edi. Xunzaga bu payt sekin-asta rus tovarlari va quroli kirib kela boshladi, hatto Baltit saroyida Aleksandr III ning portreti o‘rnatildi.

Vodiy miri Sankt-Peterburg bilan diplomatik yozishmalarni boshlab yuborib, mitti davlat hududida kazaklar garnizonini joylashtirishni taklif qildi.

1891-yilda Xunzadan Sankt-Peterburgga yangi xabar keldi: mir Safdar Ali o‘z xalqi bilan Rossiya fuqaroligiga o‘tish niyatini bildirdi.

Bu xabar tezda Kalkuttaga yetib keldi va o‘sha yilning 1-dekabrida Yangxazbendning tog‘li o‘qchi otryadi knyazlikni egallab oldi. Safdar Ali Shinjonga qochib ketdi. “Chor hokimiyati uchun Hindiston eshiklari yopildi”, deb yozgandi o‘shanda kapitan vitse-qirolga.

Xunza bor-yo‘g‘i to‘rt kun davomida o‘zini rasman Rossiya hududi deb hisobladi. Ammo Safdar Ali rus podshosidan javob olishga ulgurmay, mamlakatni tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Britaniyaliklar esa bu joyni 1947-yilga qadar qo‘llarida ushlab turdi; Britaniya Hindistonining mustaqilligi e’lon qilinishi bilan Xunza musulmonlar nazorati ostidagi hududlardan biriga aylandi.

Bugun Xunza Pokistonning Kashmir va Shimoliy hududlar bo‘yicha vazirligi tomonidan boshqariladi, ammo Katta o‘yin xotiralari hozirgacha saqlangan.

Aytilishicha, mahalliy aholi rossiyaliklar bilan uchrashganida nega u yerdan kam turist kelishi haqida savollar beradi.

Britaniyaliklar bu yerdan 60 yil muqaddam ketganiga qaramay, xippilar Xunzaga ko‘plab tashrif buyuradi.

O‘rikxo‘r xippilar

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

5. Xunzani G‘arbga aynan xippilar qayta tanitgan. Ular 1970-yillarda haqiqat va ekzotika qidirib Osiyo kezgan edi.

Bu hudud shu darajada mashhur bo‘lib ketdiki, bugun amerikaliklar hatto oddiy o‘rikni Hunza Apricot deb ataydi. Xunzaning eng diqqatga sazovor obyektlaridan biri — vodiyga daryo suvi bo‘lib tushadigan muzlik.

Ko‘p pog‘onali dalalarda kartoshka, boshqa turdagi sabzavot va nasha ekiladi. Nashani mahalliy aholi ziravor sifatida go‘shtli ovqatlar va sho‘rvalarga qo‘shadi. Xippilar esa asosan o‘riklarni ma’qul ko‘radi.

O‘rik Xunza bog‘larining eng asosiy va qadrli mevasidir. Butun Pokiston uni “xon meva” deb ataydi. Umuman, Xunzaga keladigan sayyohlar turlicha maqsadni ko‘zlaydi – kimdir tog‘larda kezishga ishtiyoqmand, kimdir tarix muxlisi, kimdir esa yolg‘iz qolishni istaydi. Va, albatta, alpinistlar ham sayyohlarning salmoqli ulushini tashkil qiladi.

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

6. Vodiy Xunjerab dovoniga yaqin joylashgani bois xunzakutlar “yuqori olam”ga chiqish yo‘lini nazorat ostida ushlab turganlariga ishonadi.

Xunza xalqi burushaski tilida gapiradi. Ularning bari urdu tilini ham biladi. Aksariyati islom dinining ismoiliy oqimiga mansub. Ismoiliylarning xunzakutlar orasidagi ulushi 95 foizni tashkil qiladi.

Sog‘liq

Xunza xalqi hatto 15 daraja sovuqda ham muzlab yotgan suvda cho‘miladi, 100 yoshgacha mehnattalab o‘yinlar o‘ynaydi, shuning uchun bo‘lsa kerak, 40 yoshli ayollar yosh qizlarga o‘xshaydi, 60 yoshda kelishgan qaddi-bastini saqlab qoladi, 65 yoshgacha farzand ko‘radi.

Yozda ular xo‘l meva va sabzavotlar bilan, qishda esa quritilgan o‘riklar, sut mahsulotlari bilan ovqatlanadi.

Xunza daryosi o‘rta asrlarda Xunza va Nagar rojaliklarining tabiiy chegarasi hisoblangan. XVII asrdan ushbu mitti davlatlar doimiy ravishda dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan, bir-birining ayollarini o‘g‘irlagan, bolalarini qul qilib sotgan.

Burishlar yiliga 2—4 oy davomida “och bahor” davrini o‘tkazadi. Hali mevalar pishib ulgurmagan bu pallada ular deyarli hech narsa yemaydi, kuniga bir marta quritilgan o‘rik sharbatini ichadi, xolos. Bu o‘ziga xos ro‘zaga yoshu qari amal qiladi. Baxt vodiysini birinchi marta tavsiflab bergan shotlandiyalik shifokor Mak Karrison aholi oqsilni juda kam iste’mol qilishini ta’kidlab o‘tgan edi.

Shotlandiyalik mutaxassis Xunza vodiysiga yaqin tumanda 14 yil yashagan. Uning aniqlashicha, burishlar kuniga o‘rtacha 1933 kilokaloriya quvvati bor ovqat yeydi, bu o‘z ichiga 50 gramm oqsil, 36 gramm yog‘ va 365 gramm uglevodlarni oladi. Karrisonning fikricha, aynan mana shu parhez xunzaliklarning uzoq umr ko‘rishidagi bosh omildir.

Agar odam noto‘g‘ri ovqatlansa, tog‘dagi hayot ham uning sog‘lig‘ini qutqarib qola olmaydi. Shu bois xunzaliklarning qo‘shnilari ikki barobar kam umr ko‘radi.

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

7. Angliyaga qaytgach, Mak Karrison hayvonlarda bir qancha tajribalar o‘tkazdi. U ayrim jonivorlarni Londonning ishchi oilasi ratsioni (oq non, seld, oqqand, konservalangan va qaynatilgan sabzavot) bilan ovqatlantirdi. Natijada bu guruh jonivorlarda turli “insoniy” kasalliklar yuzaga kela boshladi.

Boshqa hayvonlar esa xunza parhezida tutildi va ular sog‘lig‘ini saqlab qola oldi.

“Xunzalar – xastalik bilmaydigan xalq” kitobida R. Birxer vodiy aholisining ovqatlanishidagi quyidagi jihatlarni ajratib ko‘rsatdi:

— ular vegetarian;

— quruq mahsulotlarni ko‘p iste’mol qiladi;

— har kuni meva va sabzavot yeydi;

— mahsulotlar tabiiy, kimyo aralashmagan;

— alkogol va shirinlik kamdan-kam iste’mol qilinadi;

— tuz juda oz ishlatiladi;

— faqat o‘zlari ekkan mahsulotlardan foydalanadi;

— doimiy ravishda ro‘za tutadi.

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

8. 1963-yilda Xunzada Fransiya tibbiy ekspeditsiyasi bo‘ldi. U uzoq tadqiqotlardan so‘ng o‘rtacha umr ko‘rish 120 yilga tengligini aniqladi; bu Yevropadagidan ikki barobar ko‘proqdir.

1977-yil avgustida Parijda xalqaro saraton kongressida quyidagi bayonot berildi: “Geokanserologiya ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina Xunza xalqi orasida saraton xastaligi uchramaydi”.

O‘rtacha 120 yil umr kechiruvchi Xunza qavmi haqida

9. 1984-yil aprelida Gonkong gazetalaridan biri quyidagi voqeani hikoya qilib berdi. Aytilishicha, xunzalik Said Abdul Mobuda Londonning Xitrou aeroportiga kelib, emigratsiya xizmati xodimlarini sarosimaga solib qo‘ygan. Gap shundaki, uning pasportida tug‘ilgan yili 1823-yil deb ko‘rsatilgan edi, ya’ni u 160 yoshda edi. Mobuda bilan birga kelayotgan mulla u Xunza viloyatida avliyo hisoblanishini ta’kidlab o‘tgan. Mobudaning aqli-hushi va sog‘lig‘i joyida bo‘lib, u 1850-yillardan boshlab bo‘lib o‘tgan barcha voqealarni juda yaxshi eslagan.

Mahalliy aholi vakillari o‘zlarining uzoq umr ko‘rish sirlarini quyidagicha tushuntiradi: vegetarian bo‘l, doim jismoniy mehnat qil, doimiy harakatda bo‘l va hayot maromini buzma, shunda 120—150 yoshgacha yashaysan.

Xunza burishlarining o‘ziga xos jihatlari:

1) Mehnatga yuqori layoqat. Xunzaliklarning serharakatligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ular uchun 100—200 kilometr yo‘l bosish bizdagi uy atrofida yengil sayr qilish bilan teng bo‘lgan oson ishdir. Ular baland tog‘larga hayratlanarli darajada oson chiqa oladi.

2) Hayotdan mamnunlik. Xunzalar doimo kuladi, tabassum qiladi, sovuqda va ochlikda ham ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi.

3) Matonat. “Xunzalarning asablari arqonday mustahkam, torday nozikdir, – deb yozgandi Mak Karrison. – Ular hech qachon jahl qilmaydi, norozi bo‘lmaydi, asabiylashmaydi, sabrsizlanmaydi, o‘zaro janjal qilmaydi, jismoniy azob, shovqin va ko‘ngilsizliklarga sokin munosabatda bo‘ladi”.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031