Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ebola virusiga chalingan yagona britaniyalik ayol uchinchi marta shifoxonaga yotqizildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 243           Дата: 23-02-2016, 20:01          
Ebola virusini yuqtirib olgan yagona Britaniya fuqarosi bo‘lgan shotlandiyalik hamshira Polin Kafferki xastalikka chalinganidan buyon uchinchi marta shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda, mamlakat Milliy sog‘liqni saqlash tizimi xabariga asoslanib, “TASS” axborot berdi.

Ebola virusiga chalingan yagona britaniyalik ayol uchinchi marta shifoxonaga yotqizildi

Kafferkining Ebolaga yo‘liqqani 2014-yilning 29-dekabr kuni ma’lum bo‘ldi. Syerra-Leoneda bo‘lib qaytgan ayol u yerda Birlashgan Qirollikning boshqa tibbiyot xodimlari bilan birga Ebola epidemiyasiga qarshi kurashda ishtirok etgan edi.

2015-yilning 3-yanvar kuni uning ahvoli yomonlashdi. Kafferkining tomirlariga kasallikni yenggan xastalarning qoni quyildi. Shuningdek, u nomi oshkor etilmagan sinov dori vositasi yordamida davolandi.

Ammo 2015-yilning 9-oktabr kuni hamshira yana shifoxonaga yotqizildi. 14-oktabrda uning ahvoli o‘ta og‘irligi e’lon qilindi, shunga qaramay, 12-noyabrda ayol sog‘lomlashgani munosabati bilan Londondagi gospitaldan yana chiqarildi.

2015-yil avgust oyi oxiridagi ma’lumotlarga ko‘ra, jahon bo‘ylab Ebola virusi yuqishi bilan bog‘liq 28041 holat qayd etilgan, 11302 kishi halok bo‘lgan.

Qurbonlar va kasallanish holatlarining asosiy qismi Gvineya, Liberiya va Syerra-Leone kabi G‘arbiy Afrika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031