Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

New York Times: Neft keltirgan boylik saudiyaliklarni ishyoqmas qilib qo‘ydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 320           Дата: 19-02-2016, 11:00          
Neft narxining tushib ketishi Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga og‘ir zarba bo‘libgina qolmadi – qirollikning deyarli barcha sohalari uglevodorodlar eksporti hisobidan harakatga keltirilardi. Butun mamlakat aholisi neft daromadi hisobiga kun kechirishga o‘rganib qolgandi, shu bois ular yangi iqtisodiy sharoitlarga ko‘nikishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Yoshlar xususiy sektorda ishlab, pul topishga majbur bo‘lmoqda. Neft narxining tushishi Saudiya Arabistoni xalqini qanday tahdidlarga ro‘baro‘ qilayotgani haqida The New York Times tahlilchisi Ben Xabbard hikoya qilib berdi, deb yozadi Meduza sayti.

New York Times: Neft keltirgan boylik saudiyaliklarni ishyoqmas qilib qo‘ydi

Saudiya Arabistoni budjetida neft daromadi 90 foizni tashkil qiladi. O‘nlab yillar davomida aynan neft savdosi mamlakat hayotining barcha sohalarida to‘kin-sochinlikni va rivojlanishni ta’minlab kelayotgan edi. Qirollik oilasi aholi bilan boyliklarni bo‘lishar, elektr energiyasini tekınga uzatar, odamlarni bepul oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimi va ish o‘rinlari bilan ta’minlab kelardi. Davlat sektori mehnatga layoqatli fuqarolarning 70 foizini ish bilan ta’minlaydi. Davlat sektorida ish vaqti qisqa, maosh esa katta. Hatto xususiy sektor ham davlat subsidiyalariga qattiq bog‘lanib qolgan.

Amalda qirollik oilasining hokimiyat tepasida bo‘lishini ham neft ta’minlab turibdi. Saudiya jamoat kelishuvi soliq to‘lash majburiyatidan qutulish evaziga siyosiy huquq va erkinliklardan voz kechishni nazarda tutardi. 2014-yil iyunidan buyon neft narxi barreliga 100 dollardan 30 dollarga tushib ketdi va bu tizim xavf ostida qoldi. Hukumat budjet xarajatlarini keskin kamaytirishga, qimmat loyihalardan voz kechishga, vazirlik va idoralarning budjetlarini qisqartirishga majbur bo‘ldi. Bugungi kunda aholini soliqqa tortish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Mamlakat aholisi yangi reallik qarshisida turganida odamlarning aksariyati bunga tayyor emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Ayniqsa yoshlarga qiyin bo‘lmoqda, 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar esa mamlakat aholisining 70 foizini tashkil qiladi.

Saudiyaliklarning ilgarigi avlodi universitetdan so‘ng darhol davlat ishiga kirib olishiga ishonardi. Endilikda davlat sektoridagi ish o‘rinlari tez sur’atlarda qisqarmoqda, va yoshlar xususiy sektorda ish qidirishga majbur bo‘lmoqda, xususiy sohada esa maoshlar va imtiyozlar kamroq, buning ustiga, ishni yo‘qotib qo‘yish ehtimoli ham baland.

Bepul ta’lim mamlakatda yuqori malakali ishchi kuchining paydo bo‘lishiga olib kelmadi, shu bois muhandislar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislar qirollikda asosan chet elliklardir. Mahalliy mutaxassislarni ishlashga undash hozircha natija bermayapti, boz ustiga, chet elliklarning minimal maoshi oyiga 320 dollarni tashkil qilgani holda, mahalliy aholi vakillariga esa eng kamida 1460 dollar to‘lash lozim.

Iqtisodiyotchilarning hisob-kitoblariga qaraganda, har yili Saudiya Arabistoni mehnat bozoriga 250 000 nafar yosh mutaxassis chiqadi. Ammo ularning ko‘pchiligi ish topa olmaydi; hatto davlat mablag‘i hisobidan chet elda o‘qib kelgan yoshlar ham ba’zan talabga javob bera olmaydi yoki ish topa olmaydi. Ish topganlar esa mehnat sharoitlaridan norozi.

“Bu yaxshi tajriba, ammo ishni yo‘qotib qo‘yishing mumkin, dam olishga vaqt yo‘q, – deydi xususiy klinikada ishlab, so‘ng bo‘shab ketgan 24 yoshli Ali al-Ariyoniy. – Ish kuni juda uzun, hatto chekishga ham chiqarishmaydi”.

“Ar-Riyoddagi McDonald’s ishchilari, jami to‘rt kishi, chekishga chiqqanida qurgan suhbatlariga guvoh bo‘ldim. Ta’kidlashlaricha, ishlash yaxshi, lekin baribir ularning avlodi qiyinchiliklarga duch keladi.

‘Hukumat yaxshi, – deydi 21 yoshli Ahmad Muhammad. – Shunchaki bizning avlodimiz aynigan’.

Hamkasblariga uning fikriga qo‘shiladi:

‘Ha, hamma uyda o‘tirib pul topishni istaydi’”.– deb xulosa qiladi muallif.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн