Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Samolyotdagi parvoz haqida ko‘pchilik bilmaydigan 10 ta sir

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 371           Дата: 18-02-2016, 13:56          
“Marketium” nashri samolyotlardagi parvoz haqida o‘nta sirni oshkor etdi.

Samolyotdagi parvoz haqida ko‘pchilik bilmaydigan 10 ta sir
  • Hojatxona eshigidagi qulf

  • Filmlarda yo‘lovchi hojatxonada uzoq vaqt davomida qolib ketganida styuardessalar xavotir bilan eshikni taqillatadigan sahnalarga ishonmang. Aslida eshikni tashqaridan ochish mumkin va ular bu sirni yaxshi biladi. Yashirin ochqich odatda “Hojatxona” yozuvli taxtacha ortida bo‘ladi. Bu ichkaridagi yo‘lovchining ahvoli to‘satdan yomonlashib qolsa, styuardessa eshikni ocha olishi uchun qilingan.

  • Telefonni nima uchun o‘chirish kerak?

  • Aslida yoniq telefon samolyot uchun xavfli emas, ammo u uchuvchilarga xalal berishi mumkin. Telefon jiringlashidan bir necha soniya avval kolonkalarda hosil bo‘ladigan shovqin esingizdami? Aynan shunday shovqin uchuvchilarga qandaydir muhim axborotni eshitishda to‘siq bo‘lishi mumkin.

  • Parda, o‘rindiq suyanchig‘i, stolcha

  • Uchish va qo‘nish vaqtida illyuminatordagi pardalarni, stolcha va o‘rindiq suyanchig‘ini ko‘tarish nima uchun kerak? Bu o‘ylab topilgan xavfsizlik texnikasidir. Favqulodda vaziyatlarda orqada o‘tirgan odamlar chiqib ketishi oson bo‘lishi uchun o‘rindiq suyanchig‘i ko‘tariladi. Stolchani esa keskin tormoz berilganida yo‘lovchi unga urilib, qovurg‘asini shikastlamasligi uchun ko‘tarish kerak. Ochiq illyuminator esa favqulodda vaziyatlarda, agar salon tutun ichida qolsa, styuardessalar vaziyatni aniqlab olishi oson bo‘lishi uchun kerak.

  • Tirsak qo‘ygich

  • Agar ekonom-klassda o‘rindiqning tirsak qo‘yiladigan yondorini ko‘tarmoqchi bo‘lsangiz, ushbu ma’lumot sizga asqotadi. O‘rindiqlarning illyuminator va o‘tish yo‘li tomonidagi tirsakqo‘ygichlarini ko‘tarish mumkin, buning uchun uning ichki tomoni, asosga yaqin qismida chuqurcha ichida joylashgan tugmani bosish zarur.

  • Samolyot qanoti

  • Parvoz chog‘ida samolyot qanoti qattiq silkinayotganini ko‘rsangiz, xavotir olmang. Bu normal holat, axir qanot mustahkam bo‘lish bilan birga, o‘ta egiluvchan hamdir. Uni hatto 45 daraja ostida egish ham mumkin, shunda ham unga hech narsa qilmaydi.

  • Girdobli harakat (turbulentlik)

  • Turbulentlik — yoqimiz narsa, ammo ko‘pincha biz xavotir ichida uning kuchini oshirib yuboramiz. Aslida samolyot bir necha o‘n santimetrga silkinadi, bizning qulash bilan bog‘liq yoqimsiz hissiyotlarimiz esa organizmning himoya reaksiyasi, xolos. Aytgancha, qanotga yaqin o‘rindiqlar eng kam silkinadi.

  • Ovqat

  • Samolyotdagi taomlar ko‘pincha kam bo‘ladi, shuning uchun ba’zi yo‘lovchilar to‘ymay qoladi. Ko‘pchilik qo‘shimcha ovqat so‘rash mumkinligini bilmasa kerak, axir har ehtimolga qarshi, bortga ehtiyotdan 10—15 ta ortiqcha taom olishadi.

  • Qahva

  • Samolyotda qahva buyurtirmagan ma’qul, chunki bortdagi ichimlik suvining sifati ko‘pinchi yaxshi bo‘lmaydi. Bakteriya va zamburug‘lar ko‘payib ketishi oldini olish uchun unga ko‘p kimyoviy moddalar qo‘shiladi, natijada qahvaning mazasi buziladi.

  • Kislorod niqobi

  • Agar siz bortdagi niqobni taqsangiz, undagi kislorod ko‘pi bilan 15 daqiqaga yetishi mumkin. Bu odatda uchuvchilar samolyotni niqobsiz nafas olish mumkin bo‘lgan balandlikkacha tushirishi uchun yetarli bo‘ladi. Yodda tuting, balandlikka chiqqanda niqobni kiyish uchun sizda 10—15 soniya vaqt bo‘ladi, aks holda hushdan ketasiz.



    10. Jomadonlardagi qulflar

    Ko‘pincha bunday qulflar foydasiz. Zarurat tug‘ilganida nazorat xizmati xodimlari qulfdagi kodni oddiy ruchka yordamida osongina ochishi mumkin. Molniyani ruchka bilan ochish, so‘ng esa ilgakni jomadon perimetri bo‘ylab siljitib, qaytadan yopib qo‘yish mumkin. Yorlig‘i bo‘lmagan yuklarni aniqlash kerak bo‘lganida shunday qilishadi ham.

    - deb xabar beradi Daryo nashri.


    Категория: Мир  Нашли ошибку?

    Похожие музыки

    Похожие клипы

    Добавить комментарий

    avatar

    Новости партнеров

    Календарь новостей

    «    Декабрь 2016    »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
     1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031 

    Мы Онлайн