Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Boburiylar avlodidan bo‘lgan hukmdor Jahongir zarb ettirgan tilla tanga Mumbaydagi auksionda 235 ming dollarga sotildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 493           Дата: 8-02-2016, 10:50          
Boburiylar avlodidan bo‘lgan imperator Jahongir tomonidan 400 yil avval zarb ettirilgan va burjiy chayon aks ettirilgan tilla moxur (tanga) Mumbaydagi auksionda rekord darajadagi summa — 15,5 million rupiy (235 ming dollar)ga sotildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Boburiylar avlodidan bo‘lgan hukmdor Jahongir zarb ettirgan tilla tanga Mumbaydagi auksionda 235 ming dollarga sotildi

“Bu Hindistonda chiqarilgan tanga uchun berilgan eng yuqori narx. Oldingi rekord 4,5 million rupiy (68 ming dollar)dan iborat edi”, — deya ma’lum qilgan Todywalla auksion uyi vakili Malkolm Todivalla.

Diametri 2 santimetr bo‘lgan “tilla chayon”ga 8 million rupiy boshlang‘ich narx qo‘yilgandi. Yakunda esa auksion uyi rejalashtirganidan ikki barobar ko‘p mablag‘ ishlab oldi. Tangani sotib olgan va o‘zini oshkor etmagan mumbaylik biznesmen ham ziyon ko‘rmasligi aniq: 6-yanvar kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida shunga o‘xshash tanga 450 ming dollarga sotilgani aytilmoqda.

Mumbaydagi auksionda Jahongir vafotidan so‘ng uning rafiqasi malika Nurjahon tomonidan chiqarilgan tanga ham xaridorini topdi: savdoga 5 million rupiy boshlang‘ich baho bilan chiqarilgan tanga 7,6 million rupiy (115 ming dollar)ga sotildi.

Tilla moxur ilk bor Jahongirning otasi, imperator Akbar tomonidan 1562-yilda chiqarilgan. Uning probasi o‘ta yuqori (kamida 980), og‘irligi esa 11 gramm atrofida bo‘lgan. Moxur barcha musulmon davlatlari tangalari kabi tasvirlarsiz bo‘lgan. Jahongir o‘zi hukmronlik qilgan davrda (1605—1627) bu tartibni o‘zgartirib, burj belgilari tasvirlangan va hozirda butun dunyo kolleksionerlari orzusiga aylangan tangalar turkumini chiqargan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн