Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQSh sudi sherif yordamchisiga qora tanli yigitni og‘ir yaralagani uchun 23 million dollar tovon to‘lashi haqida hukm chiqardi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 319           Дата: 4-02-2016, 10:13          
Maslahatchilar federal jyurisi huquq-tartibot xodimining g‘ayriqonuniy harakatlari oqibatida jarohat olgan Florida shtatining qora tanli fuqarosiga 23,1 million dollar tovon to‘lash haqida hukm chiqardi. Mazkur qaror 3-fevral, chorshanba kuni Fort-Loderdeyl shahrida bo‘lib o‘tgan eshituvlardan so‘ng qabul qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

AQSh sudi sherif yordamchisiga qora tanli yigitni og‘ir yaralagani uchun 23 million dollar tovon to‘lashi haqida hukm chiqardi

Hodisa 2013-yilning sentabrida sodir bo‘ldi. Palm-Bich okrugi sherifi o‘rinbosari Adams Lin velosipedda ketayotgan 22 yoshli Dontrell Stivensni yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun to‘xtatadi. Linning da’vo qilishicha, u jarima yozib berayotgan chog‘da qora tanli yigit belidan qora rangli buyumni oladi, buni sherif yordamchisi to‘pponchaga o‘xshatadi. Lin Stivensga qarata kamida to‘rtta o‘q uzadi va yigitni zudlik bilan kasalxonaga eltishga to‘g‘ri keladi.

Keyinchalik yigit qurolsiz bo‘lgani, uning qo‘lidagi buyum mobil telefon ekanligi ma’lum bo‘ladi. Advokatlar yaralanganidan so‘ng qimmat turadigan qayta tiklanish muolajalarini olishga majbur bo‘lgan Stivensga qo‘shimcha davolanish uchun 5 million, jismoniy va ma’naviy zarar uchun esa 18 million dollar to‘lab berilishini talab qilgan. Linning harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topgan jyuri himoyaning dalillariga qo‘shildi.

Endi jabrdiydaga tovon to‘lab berilishini Florida qonunchilik yig‘ini ma’qullashi kerak. Sherif boshqarmasi vakillari chiqarilgan hukmdan norozi bo‘lgan va apellyatsiya berilishini ma’lum qilgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031