Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: Texaslik fuqaro qiziga iPhone’dan foydalanishni taqiqlaganligi uchun sudlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 220           Дата: 3-02-2016, 19:30          
AQShning Texas shtatida yashovchi fuqaro Ronald Jekson 12 yoshli qiziga mashhur iPhone smartfonidan foydalanishni taqiqlaganligi uchun sudlandi. Bu haqda mahalliy OAV bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.

OAV: Texaslik fuqaro qiziga iPhone’dan foydalanishni taqiqlaganligi uchun sudlandi

Ma’lum qilinishicha, Ronaldni uning sobiq turmush o‘rtog‘i sudga bergan. Bunga birgalikdagi nikohdan tug‘ilgan va hozirgi vaqtda onasi va uning yangi turmush o‘rtog‘i bilan birga yashayotgan qizi otasini ko‘rish uchun kelganda, ota uning qo‘lidagi sevimli gadjetini olib qo‘yganligi sabab bo‘lgan.

Jeksonning ta’kidlashicha, qizining mobil telefoniga kelgan xabarlarning biri juda qo‘pol ekanligi va qiziga salbiy ta’sir qilishi mumkinligi sababli, tarbiyaviy maqsadda olib qo‘ygan. “Men o‘zimning otalik burchimni bajardim xolos. Farzandlar nojo‘ya ish qilganda, ularga buni aytish kerak va kerak bo‘lsa, bu ishni qayta takrorlamasligi uchun ularni jazolash kerak”, ― dedi Jekson.

Shunga qaramasdan, uning sobiq xotini va uning politsiyachi lavozimida ishlaydigan yangi turmush o‘rtog‘i uning fikriga qo‘shilmadi va qizning huquqlari poymol bo‘lganligini arz qilib, sudga murojaat qildi.

Chaqiruv xatiga asosan sudga ixtiyoriy ravishda borishni xohlamagan Ronald, politsiyachilar tomonidan mobil telefonni o‘g‘irlaganlikda ayblanib, majburiy tartibda hibsga olindi.

Otaga nisbatan olti oygacha qamoq jazosi va ikki ming dollar miqdorida jarima qo‘llash xavfi bo‘lsa-da, sud taqdim etilgan dalillarning yetarli emasligini bayon qilib, sudlanuvchini aybsiz deb topdi.

Jeksonning ma’lum qilishicha, sodir bo‘lgan hodisa oqibatida sudda unga qarshi ko‘rsatma berishga majbur bo‘lgan qizi bilan o‘rtasidagi munosabatlar buzilgan. “Bunga oddiy mobil telefon sababchi bo‘lganligiga ishonmayman”, ― dedi u.

Jekson sobiq turmush o‘rtog‘i va uning yangi eriga nisbatan qarshi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishini ta’kidlab, qizi bilan o‘rtasidagi munosabatlarning tiklanishiga umid qildi.

Shu bilan birga, Ronald nizoga sabab bo‘lgan telefonni qiziga qaytarmadi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн