Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Mitroxin Qodirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘ramoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 480           Дата: 2-02-2016, 17:00          
“Yabloko” partiyasining federal siyosiy qo‘mitasi a’zosi Sergey Mitroxin Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov va bosh prokuror Yuriy Chaykaga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘rab murojaat qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Mitroxin Qodirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘ramoqda

Partiya saytida aytilishicha, Qodirov bir necha marta og‘zaki va yozma nutqida Rossiya muxolifatiga qarata ayblovlar bildirgan, ular “G‘arb maxsus xizmatlari tomonidan o‘ylab topilgan o‘yinlarni o‘ynayotgan” “sotqinlar”, “xalq dushmanlari” kabi iboralarni o‘z ichiga olgan.

Mitroxin bosh prokurordan ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik haqida ogohlantirish berishni so‘ragan. U, shuningdek, Federal xavfsizlik xizmati direktoridan Rossiya Jinoyat kodeksining ekstremistik faoliyatga ommaviy da’vat etish va ekstremistik tashkilot faoliyatini tashkil qilish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘ashni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov Instagram’iga “PARNAS” (Xalq ozodlik partiyasi) yetakchisi Mixail Kasyanovning snayper nishoni vizul effekti qo‘llanilgan videosini e’lon qilgan edi, unda jurnalist kichik Vladimir Kara-Murza ham aks etgan. Qodirov Instagram’dagi videosini “Kasyanov Rossiya muxolifati uchun  pul olishga Strasburgga keldi. Tushunmaganlar tushunib oladi” — deya sharhlagan.

Keyinroq Ramzan Qodirovning Instagram’idan siyosatchi Mixail Kasyanov “nishon ostida” tasvirlangan video o‘chirilgan, u ijtimoiy tarmoq qoidalariga zid deb hisoblangan edi.

12-yanvar kuni Qodirov tizimdan tashqari muxolifatga nisbatan keskin fikr bildirgan edi. U muxolifat vakillariga nisbatan “xalq dushmani”ga bo‘lgani kabi munosabatda bo‘lishga chaqirgan edi. Checheniston rahbarining ushbu so‘zlari qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн