Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindiston politsiyasi adashib qolgan keksa ayolning oilasini Twitter orqali topdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 637           Дата: 1-02-2016, 18:10          
Dehli shahri politsiya xodimlari adashib qolgan keksa ayolning oilasini Twitter’dan foydalanib qidirib topdi. Mashable nashrining ma’lum qilishicha, buning uchun ikki soat vaqt kerak bo‘ldi, deb xabar beradi “Hi-tech.mail.ru”.

Hindiston politsiyasi adashib qolgan keksa ayolning oilasini Twitter orqali topdi

Dehli shahri politsiyasi ertalabki ibodatdan so‘ng ibodatxona ostonasida turgan keksa ayolni uchratdi. 80 yoshli ayol Alsgeymer xastaligi tufayli uyga qaytish yo‘li hamda manzilini eslay olmagan.

Shundan keyin shahar politsiyasi komissar o‘rinbosari Twitter’ga ayolni tanigan kishilar politsiya boshqarmasiga murojaat qilishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarni joylashtirdi. Shaharning mashhur tadbirkorlaridan biri komissar o‘rinbosarining tvitini o‘zining Facebook’dagi sahifasiga ko‘chirdi.

Oradan ikki soat o‘tmasdan, keksa ayolning qarindoshlari unga xabar yozdi. O‘z navbatida, tadbirkor politsiya bilan bog‘lanib, ularga oila bilan aloqa bog‘lash uchun zarur ma’lumotlarni yetkazdi.

Dehli politsiyasi 2015-yilning dekabrida Twitter’da rasmiy akkauntga ega bo‘ldi. Biroq komissar o‘rinbosari undan 2014-yildan buyon foydalanib kelgan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн