Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Britaniyalik astronavt Timoti Pik ilmiy tajriba o‘tkazishda yordam so‘rab, maktab o‘quvchilariga murojaat etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 260           Дата: 31-01-2016, 11:31          
Buyuk britaniyalik astronavt Timoti Pik ayni paytda Xalqaro kosmik stansiyada (XKS) bo‘lgan o‘simliklar urug‘ini o‘stirishda ko‘mak so‘rab, mamlakatdagi maktab o‘quvchilariga videomurojaat yo‘lladi. Mazkur aksiya Qirollik bog‘dorchilik jamiyati va Buyuk Britaniya koinot agentligining hamkorlikdagi ilmiy loyihasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “TASS”.

Britaniyalik astronavt Timoti Pik ilmiy tajriba o‘tkazishda yordam so‘rab, maktab o‘quvchilariga murojaat etdi

Pik Yerga qaytgandan so‘ng Buyuk Britaniyaning barcha mintaqalaridagi o‘quvchilarga XKSda yetishtirilgan urug‘lar tarqatilishi mo‘ljallangan. O‘quvchilar oddiy tajriba o‘tkazishi, ya’ni ularni o‘stirib, urug‘i koinotda bo‘lib qaytgan o‘simliklar rivojlanishida farqli jihatlar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritishi lozim.

“Parvoz yakunlangandan so‘ng XKSdagi urug‘larni o‘zim bilan birga olib kelaman. Ular ilmiy tajriba doirasida minglab maktablarga yuboriladi va koinotda bo‘lmagan urug‘lar bilan birga o‘stirib ko‘riladi”, — deya ta’kidlagan astronavt.

Pikning videomurojaati Buyuk Britaniyadagi 17 mingta o‘quv muassassiga tarqatildi. Tajriba natijalari shu yil e’lon qilinishi mo‘ljallangan.

- deb xabar beradi Daryo nashri.


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн