Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

7 yashar bolakay do‘stining operatsiyasi uchun 50 ming dollar pul to‘pladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 445           Дата: 8-07-2014, 19:22          

Do‘stini operatsiya qilish uchun katta miqdorda pul kerakligini eshitgan yetti yoshli bolakay pul yig‘ishga qaror qiladi. Bu haqda Mashable nashriga tayanib, Tjournal.ru xabar berdi, deya yozadi Daryo.uz.

Kuin Kallender do‘sti bilan. Foto: tjournal.ru

Nashrda qayd etilishicha, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida istiqomat qiluvchi Kuin Kallenderning do‘sti Breyden Grozdanich bolalar miya (serebral) falaji oqibatlaridan jabr ko‘rmoqda. Breydenning operatsiyasiga pul topish maqsadida Kuin avvaliga do‘stlari bilan oziq-ovqat do‘koni yoniga peshtaxta o‘rnatib, uyda tayyorlangan limonad sotadi. Bolakaylarni mahalliy aholi bilan bir qatorda Breydenning otasi bilan ishlovchi o‘t o‘chiruvchilar ham qo‘llab-quvvatladi.

Limonad peshtaxtasi yonida. Foto: tjournal.ru

Bundan tashqari, Kuin ota-onasining yordami bilan youcaring.com saytida crowdfunding — moliyalashtirishda xalq ko‘maklashadigan kampaniyani ishga tushiradi. Saytda Kuin AQShda 20 ming dollar narx bilan belgilangan mazkur operatsiya do‘stining mushaklariga elastiklikni qaytarib, tortishib qolishni to‘xtashi mumkinligini yozadi.

Crowd funding kampaniyasi. Foto: tjournal.ru

Kasallik bilan og‘rigan bolaning otasi Trevisning aytishicha, operatsiyani Kanadada ham qilsa bo‘ladi, biroq keyin Breyden bir umr nogironlik aravachasiga mixlanib qolishi mumkin.

Kraudfanding kampaniyasida hozirga qadar to‘plangan mablag‘ 53 ming dollar (kutilgandan 2,5 marta ko‘p)dan oshdi. Operatsiya uchun pul yig‘ish avgust oyining boshiga qadar davom etadi.




Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн