Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiya KXDRga qarshi sanksiyalarning bir qismini bekor qiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 300           Дата: 3-07-2014, 12:43          

Yaponiya Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarning bir qismini bekor qiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Shinzo Abe bayonot berdi, deya xabar beradi Daryo.uz, “RIA Novosti” ma'lumotiga asoslanib.

Foto: “RIA Novosti”Foto: “RIA Novosti”

2006-yilda BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyalariga qo‘shimcha ravishda Yaponiya KXDRga qarshi o‘z choralarini qo‘llagan edi. Ular import-eksport yetkazilishini, fuqarolar safarlarini, Shimoliy Koreya kemalarining Yaponiya portlariga kirishini taqiqlaydi. 2009-yildan Tokio Yaponiyadan KXDRga pul o‘tkazmalari uchun shartlarni qiyinlashtirdi. 2013-yil aprelida sanksiyalar yana ikki yilga cho‘zildi.

Shimoliy Koreya 1970—80-yillarda o‘g‘irlab ketilib, KXDRda kuch bilan saqlanayotgan yaponiyaliklar taqdirini tergov qilsa, Yaponiya sanksiyalarning bir qismini bekor qilishga va’da berdi.

Tergov boshlanishi bilan fuqarolar safarlariga va Shimoliy Koreya kemalarining yapon portlariga gumanitar maqsadlarda kirishiga qo‘yilgan taqiqlar olib tashlanadi, shuningdek pul o‘tkazmalariga joriy qilingan cheklovlar kamaytiriladi.

Tokioning ta’kidlashicha, 1970-yillarda KXDR maxsus xizmatlari Yaponiyadan 17 fuqaroni o‘g‘irlab ketgan. KXDR esa ularning soni 13 ta ekanini aytmoqda. Garovdagilarning besh nafari muzokaralar natijasida o‘z vataniga qaytgan, qolgan sakkiz kishi, KXDR ta’kidlashicha, vafot etgan. Biroq Yaponiya buni yolg‘on ma’lumot deb hisoblab, ularning ishi qaytadan tergov qilinishini talab qilmoqda.




Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн