Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Alisher Usmonovning rafiqasi o‘z erini qirolga tenglashtirdi

Автор: ELLO Комментариев: 0            Просмотров: 3 903           Дата: 6-11-2014, 23:09          

Rossiya Badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner o‘zining Hello Magazine’ga bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i − milliarder Alisher Usmonov to‘g‘risidagi o‘z fikrlarini bildirdi, deya yozadi "Daryo" nashri.

“Turmush o‘rtog‘im chaqirmaguncha men ishlayveraman. Uning ko‘p chaqiravermasligi tufayli men badiiy gimnastika sohasida yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishdim. Unda ham, menda ham o‘zimizning alohida ulkan hayot makonimiz mavjud. Shunday bo‘lsa ham, Alisher − men uchun qirol, hattoki uning isimi ham shu ma’noda.

Men esa ayolman, shunchaki uning qovurg‘asidan yaralgan ayol. U bo‘lsa o‘z makoniga juda ozchilikni kiritadi. Bu biz yaqin emasmiz degan ma’noni anglatmaydi. Aksincha, biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz, suhbatlashamiz, maslahatlashamiz, u meni tanqid qiladi.

Aktyorni tomoshabinlar yetishtirganidek, erni ham xotin yetishtiradi. Ayol xohlasa, erkakni o‘zi o‘ylagan insonga aylantiradi. Men har doim Alisherga ‘Sen − buyuksan! Sen − dahosan’ der edim. U ko‘plab sinovlardan o‘tganiga qaramay xuddi shunday bo‘ldi. U tushkunlikka tushardi, men esa o‘shanda bu haqda o‘ylash ham aqlga sig‘maganiga qaramasdan, hammasi yaxshi bo‘lib ketishini aytardim. Men har doim u super insonligini bilardim”, − dedi Viner.

Ma’lumot uchun, Irina Viner 1948-yilda Samarqandda tug‘ilgan bo‘lib, 1992-yilgacha Toshkentda badiiy gimnastika sohasida ishlagan, keyin esa Rossiyaga ko‘chib ketgan. So‘nggi yillarda Rossiyaning eng boy kishisi deb topilayotgan asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.




Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031