Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Nosvoy tarkibi dunyoda birinchi marta o‘rganib chiqildi

Автор: ELLO Комментариев: 1            Просмотров: 2 909           Дата: 4-11-2014, 21:31          

Foto: stanradar.com

Shvetsiyalik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib nosvoy tarkibini aniqladi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda, deya yozadi "Daryo" nashri.

Nashrning eslatishicha, avvalroq Qozog‘iston olimlari shu paytgacha tarkibi o‘rganilmagan ushbu mahsulotni to‘liq tahlil qilmoqchi bo‘lgan. Biroq bu yerdagi laboratoriyalar bunday ekspertiza o‘tkazish uchun yaroqsiz bo‘lib chiqqani tufayli Qozog‘istondan sotib olingan nosvoy namunasi Stokgolmdagi Jahon sog‘liqni saqlash laboratoriyasiga jo‘natildi.

Shvetsiya olimlari ushbu nosvoyda xrom, nikel, kadmiy, qo‘rg‘oshin va margimush borligini, ushbu moddalarning barchasi mumkin bo‘lgan miqdordan ortiq ekanligini aniqladi. Chunonchi, nikel me’yordan 5,1 marta, xrom — 17 marta, qo‘rg‘oshin 38 marta ko‘p bo‘lgan, margimush esa chaynaladigan tamaki tarkibida umuman bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, nosvoyning qo‘lda, sanitariya qoidalariga rioya qilinmagan holda tayyorlanganidan darak beruvchi turli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar topildi.

Bundan tashqari, nosvoy tarkibidagi tamakida saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan moddalar miqdori meyordan to‘rt marta ortiq ekanligi aniqlangan. Bunday moddalalrning shakllanishiga imkon yaratuvchi nitrit-ionlar esa mumkin bo‘lgan miqdordan 91 marta ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bunday natijalar orqali tadqiqotchilar Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda nosvoyni taqiqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi.




Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Tovuqni axlati qop ketibdi :) XAAXAXAXAX)))


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн