Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Meksikada radioboshlovchi jonli efir paytida otib tashlandi

Автор: ELLO Комментариев: 0            Просмотров: 1 473           Дата: 14-10-2014, 21:16          

Foto: studway.com.ua

Meksikada jamoat faoli Atilano Roman Tirado har haftalik radio dasturi vaqtida otib tashlandi. Bu haqda Associated Press’ga tayangan holda Korrespondent.net xabar bermoqda, deya yozadi "Daryo" nashri.

Fojia Meksikaning Sinaloa shtati Masatlan shahrida ro‘y bergan.

Ikki jinoyatchi Fiesta Mexicana radiostansiyasiga kirib olib, Tirado qayerdaligini so‘rashgan. “Ma’mur ularga Tirado bo‘shaguniga qadar kutib turishni aytgan, ammo ular eshikni itarib, ichkariga kirgan”, — deb ta’kidladi radiostansiya direktori Serxio Ontiveros.

Shundan so‘ng, ularning biri tashqarida qolgan, ikkinchisi esa studiyaga kirib, jonli efir paytida faolga qarata ikki marotaba o‘q uzgan. O‘q erkakning boshi va ko‘kragiga tekkan. Tirado shifoxonalardan biriga yotqizilgan va olgan jarohatlari natijasida bir ozdan so‘ng vafot etgan.

Shtat rahbariyatining qayd etishicha, bu Meksika tarixida jonli efirda sodir etilgan ilk qotillikdir. Prokuror Marko Antonio Igeraning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilarning shaxsini aniqlash uchun kuzatuv kameralaridagi yozuvlar ko‘rib chiqiladi.

Tirado bir necha yil avval to‘g‘on qurilishi vaqtida ro‘y bergan toshqin natijasida yerlari zarar ko‘rgan taxminan 800 ga yaqin mahalliy qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilaridan iborat guruhga boshchilik qilar edi. Radioboshlovchi dehqonlarning yo‘qotilgan yeri uchun tovon pullarini undirishda, norozilik bildirish marshlari va yo‘llarni to‘sishni tashkil etishda faol ishtirok etgan.




Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн