Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

National Interest NATO Kaliningraddan nima uchun qo'rqishi sababini tushuntirib berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 35           Дата: 28-11-2016, 10:46          
National Interest NATO Kaliningraddan nima uchun qo'rqishi sababini tushuntirib berdi
Фото: ТАСС

Rossiyaning mittigina Kaliningrad viloyati NATOning naqd yuragida joylashgan, shuning uchun NATO vakillarini asabiylashishga va o'zidan taraluvchi xavfdan qo'rqishga majbur qiladi. Shunday fikrni AQShning The National Interest tahliliy jurnali sharhlovchisi Robert Farli aytib o'tdi.

"Boltiq davlatlari NATO tarkibiga kirganlarida, Kaliningrad NATO markazidagi dushman hududga aylandi. Bu uni ayniqsa zaif hududga, biroq shu bilan birga harbiy nuqtai nazardan potensial xavfli sub`yektga aylantirdi", deb yozmoqda Farli.

Farlining fikricha, NATOni Kaliningradga joylashtirilgan S-400 va "Iskander-M" raketa majmualari xavotirlantiradi.

"Jurnalning ko'p maqolalarida batafsil aytilgandek, S-400 dunyoda havo hujumiga qarshi eng qudratli tizimlardan biri hisoblanadi", deb ta`kidlamoqda sharhlovchi.

Farli Rossiya zenit-raketa majmualarining ustunliklarini qayd qilib, bu majmualar sababli NATO Boltiq davlatlari osmonida havo ko'magini ta`minlashi muammoli bo'lishi ta`kidlamoqda.

Farli shuningdek "Iskander"ni ham eslab o'tdi. Uning aytishicha, bu raketa majmuasi bilan raqobat qila oladigan birorta boshqa majmuani topish amrimahol.

"Bu raketalar oddiy va yadroviy kallaklarni 400 km gacha masofagacha chiqara oladi. Agar Moskva NATOning biror ikkilanib turgan davlatlariga bosim o'tkazmoqchi bo'lsa, u anklaviga qandaydir yangi va qo'rqituvchi qurollarni joylashtirib, o'z qudratini namoyish qilib qo'yishi mumkin", deb aytmoqda mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, 22 noyabrda AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi Rossiyani Kaliningrad viloyatida S-400 va "Iskander-M"ni joylashtirishdan voz kechishga chaqirgandi. Kirbining fikricha, bu Yevropa xavfsizligini beqarorlashtiradi. Shu bilan birga u Rossiya o'z hududida bunday majmualarni joylashtirishga haqli ekanini ham tan olgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031