Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

OAV: Yaponiya RQMning yangi Patriot tizimlari uchun 2 mlrd dollarga yaqin mablag' ajratmoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 26           Дата: 28-11-2016, 10:49          
OAV: Yaponiya RQMning yangi Patriot tizimlari uchun 2 mlrd dollarga yaqin mablag' ajratmoqchi
Фото: Flickr

Yaponiya hukumati joriy yilda "yer-havo" tasnifidagi modernizatsiya qilingan Patriot —3 (PAC-3) raketa majmualarini xarid qilishga qo'shimcha ravishda 188 mlrd iyen (1,7 mlrd AQSh dollari) sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Japan News gazeasi o'z manbalariga asoslangan holda yozmoqda.

Raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining yangi majmualarini xarid qilishga KXDR tomonidan mavjud tahdidlar sabab sifatida ko'rsatilmoqda. Shimoliy Koreya o'z yadro salohiyatini kuchaytirib, AQShdan himoyalanish bahonasida ballistik raketalarini kuchaytirish ustida ish olib borayapti. Nashrning ma`lumotlariga ko'ra, hozirda Yaponiyada joylashtirilgan PAC-3 raketalari parvoz radiusi 15-20 kilometrni tashkil etadi. Modernizatsiya qilingan tizimlar esa bu masofani ikki barobar uzaytirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, 7 milliard iyen (62,5 million dollar) Aegis (Ijis) raketa hujumlaridan ogohlantirish tizimlariga ega bo'lgan harbiy kemalarni ham takomillashtirish uchun sarflanadi.

Avval xabar qilinganidek, Yaponiya hukumati 2017 moliya yili uchun mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy byudjyetni tayyorlagan. Unda, xususan, KXDR ballistik raketalariga qarshi mudofaani kuchaytirish va Sharqiy-Xitoy dengizida Xitoyga qarshi turish uchun suvosti kemasini barpo etish ko'zda tutilgan.

Shunga ko'ra, 2017 yilga Yaponiya mudofaa byudjyeti uchun joriy yildagidan 2,3 foiz ko'proq mablag' talab etiladi va u 5 trillion 160 milliard iyenni (51 milliard 600 million dollar) tashkil etadi. Shu bilan birga, byudjyet loyihasiga binoan, Yaponiya ilk marotaba Amerikaning SM-3 Block IIA boshqariluvchi zenit raketalarini ham xarid qiladi. Bu raketalar ming kilometr balandlikkacha parvoz qila oladi. Ular Aegis tizimlariga ega harbiy kemalarga joylanadi.

Umuman, Yaponiya mudofaa salohiyatini oshirishning 2018 yilgacha bo'lgan o'rtamuddatli rejaga ko'ra, harbiy maqsadlardagi xarajatlar yiliga 0,8 foizga oshiriladi.


Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн