Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Muxolifat: Prezident Pak Kin Xega impichment e`lon qilish masalasi shu hafta hal bo'lishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 49           Дата: 28-11-2016, 11:00          
Muxolifat: Prezident Pak Kin Xega impichment e`lon qilish masalasi shu hafta hal bo'lishi mumkin
Фото: © EPA

Janubiy Koreya muxolifati mamlakat parlamentida prezident Pak Kin Xega impichment e`lon qilish bo'yicha ovoz berishni 2 dekabrda o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublikaning ikkita yirik muxolifat kuchlari - "Toburo" demokratik partiyasi va Xalq partiyasi vakillari bayonot berishdi.

"30 noyabrda biz impichment to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlab bo'lamiz va uni parlament muhokamasiga kiritamiz. Juma, 2 dekabrda u bo'yicha ovoz berish o'tkazilishi mumkin", - deyiladi muxolifatning qo'shma bayonotida.

Prezidentni hokimiyatdan chetlatish borasida ilgari surilayotgan asosiy sabablar sifatida, "Pak Kin Xening konstitutsiyani buzgani", hamda "poraxo'rlik, hokimiyatdan g'arazli maqsadlarda foydalanish, davlat sirini fosh qilish" kabilar ilgari surilmoqda.

Realmeter ijtimoiy xizmatining xabariga ko'ra, prezident bilan bog'liq korrupsiya mojarosi oqibatida hukmron "Senuri" partiyasining mahalliy aholi orasidagi tarafdorlari soni 2,8 foizga pasayib, 16,2 foizni tashkil etgan.

"Hukmron partiya obro'si tushib borayotgan bir vaqtda, muxolifatni qo'llab-quvvatlash darajasi ortib borayapti". Hozirda, "Toburo" demokratik partiyasini ma`qullovchilar soni 2,5 foizga o'sgan va 33 foizga yetgan.

Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreyada prezident Pak Kin Xening dugonasi bilan bog'liq "Chxve Sun Sil ishi" mamlakatda keskin noroziliklar va jiddiy siyosiy mojaroga sabab bo'ldi.

Respublika Konstitutsiyasiga ko'ra, amaldagi davlat rahbariga nisbatan faqatgina davlatga xiyonat moddasi bilan jinoiy ish qo'zg'atilishi mumkin.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн