Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qozog'istonlik olti yashar qizcha mo'`jiza sabab muzli cho'lda tirik qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 31           Дата: 27-11-2016, 20:43          
Qozog'istonlik olti yashar qizcha mo'`jiza sabab muzli cho'lda tirik qoldi
ФОТО: BLOGSPOT.COM

Qozog'istonning Olma ota viloyatidagi Jambil tumanida yashovchi olti yashar Saul degan qizcha butun bir tunni muzli cho'lda o'tkazib, mo'`jiza sabab tirik qoldi. Uning ukasi va onasi sovuqdan muzlab, halok bo'lishdi. Bu haqda "Vremya" gazetasi yozmoqda.

42 yashar Venera Alimbekova chorva boqardi. 21 noyabr kuni "Asubay" dehqon xo'jaligi rahbari Okmet Asubayev cho'ponlarni boshqa yerga ko'chirishga ahd qildi. Ayol uning qo'l ostida ishlardi.

Cho'l juda ham sovuq edi. KamAZ yuk mashinasining yoqilg'isi muzlab qoldi va mashina yarim yo'lda qolib ketdi. Venera bilan birga uning ikkita farzandi ham bor edi: 3 yashar Alisher va 6 yashar Saul. Bolalar xarxasha qilishni boshladi va ayol piyoda yo'lga tushishga ahd qildi.

Ular bilan birga ishchi Mukay Suleymenov yo'lga tushdi. Qishlov joyigacha 3 km.li yo'l edi. Yarim yo'lda oila charchadi va shu yerda Mukayni kutadigan bo'lishdi.

Bo'ron boshlanib, Mukay yo'ldan adashib qoldi va faqat tongga yaqin qishlov joyiga yetib bordi. Cho'ponlar shu zahoti ayol va uning bolalarini qidirib ketishdi. Ammo kech bo'lgan edi: oilani muzlab qolgan va hushsiz holatda topishdi. Avval barchalari nobud bo'lgan deb o'ylashdi, ammo qizcha qimirlab, yig'lay boshladi.

Ayni paytda Saul shifoxonada yotibdi, unga onasi va ukasining o'limi haqida hali aytishmadi. Voqea yuzasidan tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн