Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

La Stampa nashri Putinning maqolasini chop etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 29           Дата: 27-11-2016, 20:45          
La Stampa nashri Putinning maqolasini chop etdi
Фото: © AP

Italiyaning La Stampa nashri "Rossiyaga ishonish vaqti keldi, terrorga qarshi umumiy front" sarlavhasi ostida Vladimir Putinning maqolasini chop etdi. Unda o'zaro ishonchsizlik yuki turli xatarlarga samarali javob topishga xalaqit berishi aytilgan.

Maqolada aytilishicha, sovuq urush vaqtidayoq yaratilgan NATO barcha tasdiqlarga qaramasdan, yangi sharoitlarga moslashtirilmagan.

Maqolada Rossiyaning ba`zi hamkorlari dunyo muammolarini hal qilishga umuman intilmayotganlari aytilgan.

"Biz Afg'oniston, Iroq, Liviya va boshqa davlatlarda nima bo'layotganini ko'rmoqdamiz. Qiziq: terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashning natijalari qani? Umuman, agar biz butun dunyoga qarasak, mintaqa darajasida, ba`zi sohalarda, muayyan natijalarga erishganmiz, biroq terrorchilikka qarshi kurash muvaffaqiyat bilan yakunlanmagan va xatar hali ham o'sishda davom etmoqda", deyilgan maqolada.

Maqola Putinning Valday forumidagi nutqining xalqaro muammolarga bag'ishlangan qismining tarjimasidan iborat. Putin bu nutqida quyidagilarni aytgandi: "Iqtisodiy kuchni va siyosiy ta`sirni qayta taqsimlash bilan bog'liq ziddiyatlar faqatgina ko'paymoqda, o'zaro ishonchsizlik yuki dunyo hamjamiyati oldida turgan haqiqiy chaqiriq va xatarlarga samarali javob berishimiz uchun imkoniyatlarimizni toraytirmoqda".

Putinning fikricha, bu vaziyat "chorak asr avval ba`zi davlatlarning elitalari tomonidan qilingan xato, shoshqaloq, o'ziga ishongan holdagi tanlovning" oqibati bo'lgan.

Maqola Putinning suverenitet va Rossiyaning dunyodagi ahamiyati haqidagi so'zlari bilan yakunlangan.

"Bizda suverenitet butun xalqaro munosabatlar tizimining markaziy tushunchasi borasida shubha yo'q. Uni hurmat qilish, mustahkamlash – bu ham milliy, ham xalqaro darajada tinchlik va barqarorlik garovidir. Rossiya kabi ming yillik tarixiga tayanadigan davlatlar kam emas va biz o'zimizning o'xshashligimiz, erkinligimiz va mustaqilligimizni qadrlashga o'rganganmiz. Biz shu bilan birga global hukmronlikka, qandaydir ekspansiya, kimdir bilan ixtilofga borishga intilmaymiz", deb aytgan Putin.

"Bizning tushunchamizda bugungi kunda haqiqiy yetakchilik xayoliy xatarlarni o'ylab topib, ulardan foydalanib qolganlarni o'z ostiga bosib olishdan emas, balki real muammolarni ko'rish, ularni hal qilishda davlatlar sa`y-harakatlarini birlashtirishga ko'mak berishdan iborat. Rossiya bugungi kunda o'zining dunyo ishlaridagi rolini aynan shunday tushunadi", deb ta`kidlab o'tgan Putin.

Putin o'z nutqida shuningdek xalqaro munosabatlarda BMT nizomiga qaytishga chaqirgan va G'arbning "terrorchilar bilan o'yin qilishini" qoralagan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн