Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Ashxabodda Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo'yicha birinchi xalqaro anjuman boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 28           Дата: 26-11-2016, 14:06          
Ashxabodda Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo'yicha birinchi xalqaro anjuman boshlandi
Фото: Kun.uz

Bugun Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahridagi muhtasham anjumanlar saroyida Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo'yicha birinchi xalqaro anjuman boshlandi, deb xabar qilmoqda Kun.uz tahririyati maxsus muxbirlari Bunyodbek Shamsutdinov va Maxsud Asqarov.

Dastlab Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tadbirga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlarni kutib oldi. Anjumanga BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun kirib keldi. U mezbon davlat rahbari bilan birga anjumanga tashrif buyurgan davlatlar rahbarlarini hamda delegatsiyalari vakillarini kutib oldi.
So'ngra, anjuman ishtirokchilarining suratga tushish marosimi bo'lib o'tdi.

Ashxabodda Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo'yicha birinchi xalqaro anjuman boshlandi
Foto: Kun.uz

O'zbekiston tomonidan anjumanda Bosh vazir birinchi o'rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vaziri Elyor G'aniyevlar ishtirok etmoqda.

Tadbirni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kirish so'zi bilan ochib berdi. U o'z so'zida anjumanning ahamiyati haqida to'xtalib, barqaror transport tizimida ishtirok etish barcha manfaatdor davlatlar uchun ochiqligini bildirdi.

Shundan so'ng, so'z BMT Bosh kotib Pan Gi Munga berildi. Bosh kotib barqaror transport tizimi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirar ekan, anjuman natijasida insoniyat kelajagi, yer yuzidagi ekologik vaziyatni yaxshilash borasida muhim masalalar muhokama etilishini aytib o'tdi.

Ma`lumki, 2015 yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi transport muammolariga oid ikkinchi rezolyutsiyani qabul qilgan va mazkur hujjatga binoan joriy yilning 26-27 noyabrida Ashxabodda barqaror transport tizimi bo'yicha birinchi global konferensiyani o'tkazishga qaror qilgandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн