Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yanukovichning so'roq qilinishi boshqa kunga qoldirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 35           Дата: 26-11-2016, 04:49          
Yanukovichning so'roq qilinishi boshqa kunga qoldirildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich so'roq qilinishi kerak bo'lgan Kiyevning Svyatoshin tuman sudi yig'ilishi 28 noyabrga ko'chirildi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda.

Yanukovich 25 noyabrda so'roq qilinishi kerak edi. Undan avval u sud yig'ilishi uchun videoaloqada ishtirok etishga tayyorligini tasdiqlagandi.

Sud maslahatlashib, yig'ilishni 28 noyabr Kiyev vaqti bilan soat 13:00ga qoldirishga qaror qilgan.

Sudya videoaloqani tashkillashtirgani uchun Rossiyaning Rostov viloyati sudiga minnatdorchilik bildirgan.

Shu kuni avvalroq sudya Maydanda odamlarni o'qqa tutish ishi bo'yicha ayblanayotganlarni sud yig'ilishiga olib kelishning iloji bo'lmayotgani sababli yig'ilishda tanaffus e`lon qilgandi. Jinoiy ish bo'yicha o'tayotganlar – "Berkut" maxsus bo'linmasining sobiq jangchilarini ular saqlanayotgan tergov izolyatori "O'ng sektor" jangarilari tomonidan to'sib qo'yilgani sababli sudga keltira olishmagan.

Kiyevda sud yig'ilishi bilan bog'liq holda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, sud binosini 130 politsiyachi qo'riqlagan.

5 nafar sobiq "berkutchilar" 2014 yil 20 fevralda Kiyevdagi Institut ko'chasida sodir etilgan 48 namoyishchining qotilligida ayblanmoqdalar.

Yanukovich Ukrainani 2010-2014 yillar davomida boshqargan. U mamlakatni 2014 yil fevralida ommaviy norozilik namoyishlari bilan kechgan hokimiyat o'zgarishidan keyin tark etgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн