Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Rostovda FlyDubai laynerining falokatga uchrashi sabablari ma`lum qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 35           Дата: 26-11-2016, 05:07          
Rostovda FlyDubai laynerining falokatga uchrashi sabablari ma`lum qilindi
Фото: Sputnik/Scanpix

Mart oyida Rostov aeroportida falokatga uchragan FlyDubai aviakompaniyasining "Boing" samolyoti ekipaji ikkinchi marta qo'nishga urinish vaqtida fazoda mo'ljalni yo'qotib qo'ygan, deb ma`lum qildi tergov borishidan xabardor bo'lgan manba "Interfaks" axborot agentligiga.

"Yuz bergan voqea tafsilotlari hamda samolyotning texnik ko'rsatkichlari va holati o'rganilib, samolyot sardori ko'rinishicha ikkinchi davraga kirayotganda samolyotning holatini adekvat baholay olmaganini o'rnatishga muvaffaq bo'lingan. Unda samolyot yuqoriga ko'tarilayotganda xavfli hujum burchagiga yetgan degan xayol paydo bo'lgan. U bu yolg'on tuyg'usiga asoslanib, aviagorizont holatiga e`tibor ham bermay boshqaruv dastagini o'zidan itargan", deb aytgan manba.

Manbaning aytishicha, uchuvchilar ko'rish kuchli cheklangan sharoitlarda, tungi vaqt yoki asboblar bo'yicha parvoz qilganda shunday holatga ko'p uchraydilar.

"Samolyot ichida kuchli tezlashish yoki sekinlashish vaqtida insonning vestibulyar apparati (ichki quloqda joylashgan, bosh va gavda muvozanatini idora qiluvchi organ) miyaga samolyotning xavfli holatini to'g'rilash haqida yolg'on buyruqlar yuboradi. Bunda uchuvchida keskin balandlikka ko'tarilish yolg'on hissi muqarrar paydo bo'ladi", deb aytdi manba.

Avvalroq AQShda o'tkazilgan samolyotning bo'laklari texnik tekshiruvi vaqtida balandlik ruli soz holatda bo'lgani, falokatga olib kelishi mumkin bo'lgan texnik nosozliklar yo'qligi aniqlangani ma`lum qilingandi. Falokatgacha samolyotning texnik holatiga hech qanday e`tirozlar bo'lmagan.

Avvalroq balandlik ruli nosoz bo'lishi mumkinligi hamda uchuvchining noto'g'ri harakatlari samolyotning falokatga uchrashi asosiy sabablari sifatida ko'rilgandi. Qolgan versiyalar jiddiy muhokama qilinmagan.

Dubaydan kelayotgan samolyot 19 mart kuni Rostov aeroportiga qayta qo'nishga harakat qilish vaqtida murakkab ob-havo sharoitlarida falokatga uchragan. Qo'nishlar orasidagi urinishlar orasida ikki soatdan ko'proq vaqt o'tgan bo'lgan. Falokat oqibatida samolyotdagi barcha odamlar – 55 yo'lovchi va ekipajning 7 a`zosi halok bo'lgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031