Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Qozog'istonda BAAdagi kabi shahar yaratish taklif qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 41           Дата: 26-11-2016, 04:50          
Qozog'istonda BAAdagi kabi shahar yaratish taklif qilindi
Фото: ENERGYNEWS.SU

Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori Raye Kvon Chung Qozog'istonga BAA misolida muqobil energiya manbalari hisobiga faoliyat yuritadigan yangi shahar yaratishni tavsiya qildi. Chung bu haqda Xalqaro innovatsion kongress vaqtida ma`lum qildi, deb xabar bermoqda BNews.kz.

"BAA va Eronning qiziqarli namunalarini eslash mumkin, bu davlatlarda muqobil energiya manbalari faol qo'llanadi. Siz bilasizki, Abu-Dabi umuman uglerod qo'llanmaydigan Masdar shahri yaratilishiga sarmoya kiritmoqda va siz ularning hukumati hozirda kam uglerodli kelajakka sarmoya qiritayotganini ko'rmoqdasiz.

Chunki ular neft tugaydigan zamonga tayyor bo'lishlari kerakligini biladilar. Agar neft bo'lmasa, unda sizning raqobatbardoshligingiz manbasi qanday bo'ladi? Siz neftsiz zamonda keladigan kelajakka sarmoya kiritishingiz kerak", deb aytgan Chung.

Chungning fikricha, Qozog'iston is gazining atrof-muhitga chiqarilishini qisqartirish bo'yicha katta ko'lamli va uzoq muddatli maqsadlar haqida o'ylab ko'rishi lozim, chunki bu natijada kam uglerodli iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlashga olib keladi.

Uning fikricha, bu masalani bir kunda hal qilib bo'lmaydi, bunga 10 yildan 30 yilgacha vaqt talab etilishi mumkin. Olim Qozog'istonning juda sovuq iqlimi haqida gapirayotib, namuna sifatida Kanadaning Monreal shahrini misol sifatida keltirdi. Uning aytishicha, bu shaharda qishda ham bo'lish qulay bo'lgan ko'ngilochar markazlar yaratilmoqda.

"Men Masdar shahri kabi Markaziy Osiyoda joylashadigan yangi shaharni loyihalashtirish haqida o'ylab ko'rishingizni taklif qilishim mumkin. Men Qozog'istonda harorat qishda minus 40 gradusgacha, yozda esa plyus 40 gradusgacha yetishi mumkinligini bilaman.

Sizlar keskin iqlimda yashaysizlar. Biroq Monrealda, misol uchun, shuningdek juda sovuq, u yerda qish sovuq bo'ladi. Biroq u yerda juda qiziq loyihalar bor, misol uchun, butunlay yer ostida joylashgan savdo-ko'ngilochar markazlar mavjud va siz bu markazlarda qishda ham vaqtingizni yaxshi o'tkazishingiz mumkin", deb qo'shimcha qildi olim.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн