Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 53           Дата: 24-11-2016, 19:56          
Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Фото: Kun.uz

Yakunlanib borayotgan 24 noyabr O'zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Virtual qabulxona haydovchi militsiya xodimini videotasvirga olishi qonunga zid emasligini "tasdiqladi"

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari

Ayrim holatlarda haydovchi va militsiya xodimi o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Xo'sh, bunday holatda o'z vazifasini ado etayotgan DAN xodimini videotasvirga tushirsa bo'ladimi? Aksariyat holatlarda bunga DAN xodimi e`tiroz bildirishi tabiiy.

Batafsil.

“O'zbekiston havo yo'llari” tasarrufidagi ikkinchi Boeing 787 Dreamliner bilan ilk parvozni amalga oshirdi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari

Joriy yilning 23 noyabr kuni “O'zbekiston havo yo'llari” aviakompaniyasi Toshkent-Dubay-Toshkent yo'nalishi bo'yicha ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyotida ilk parvozni amalga oshirdi.

Batafsil.

O'zbekiston xalqaro armiyalar tanloviga taklif etildi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari

2016 yil 23 noyabrida Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida QR mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov O'zbekiston Respublikasi Bosh shtabi Bosh boshqarmasi rahbari polkovnik Farxod Shermatovni qabul qildi.

Batafsil.

O'zbekiston energetika sohasi Jahon banki ko'magida modernizatsiya qilinadi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari

2016 yil 23 noyabrda Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O'zbekiston magistral elektr tarmoqlari nimstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish loyihasiga 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratish bo'ycha qaror qabul qildi.

Batafsil.

Isroil uchinchi kundirki o'rmon yong'inlari qurshovida

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Foto: Haaretz

22 noyabr seshanba kunidan boshlangan o'rmon yong'inlari Isroil uzra tarqalmoqda. Bunga, ikki oydan beri davom etgan qurg'oqchilik va kuchli shamol esayotgani sabab qilib ko'rsatilmoqda.

Batafsil.

O'zbekistonlik qotil-enaga jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Foto: rbc

Moskvadagi Xoroshevskiy sudi 4 yoshli qizning o'limida ayblangan o'zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi va uni majburiy psixiatrik davolanishga jo'natdi.

Batafsil.

YeI parlamenti Turkiyaning tashkilotga a`zoligini vaqtinchalik muzlatish tashabbusini qo'llab-quvvatladi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Foto: AFP

Yevropa parlamenti 24 noyabr, payshanba kuni Strasburgda Turkiyaning blokdagi a`zoligini vaqtinchalik muzlatishga doir tashabbusni qo'llab-quvvatladi. Bu haqida Daily Sabah nashri xabar berdi.

Batafsil.

Xitoy elektrostansiyasidagi halokat qurbonlari soni 67 nafarga yetdi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Foto: AP

Xitoyning Tszyansi provinsiyasidagi eletrostansiyada sodir bo'lgan halokat oqibatida halok bo'lganlar soni 67 nafarga yetdi.

Batafsil.

Burgut Saudiya Arabistoni havo kemasi qanotini teshib o'tdi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Foto: Daily Mail

Saudiya podshohligining Saudi Arabian Airlines samolyoti bilan kam uchraydigan hodisalardan biri ro'y berdi.

Batafsil.

Tadqiqot: Arktika Alyaska va Texas hududiga teng muzliklaridan mahrum bo'ldi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Foto: © Fotolia

Shimoliy muz okeani ekologiyasi global iqlim isishidan jiddiy o'zgarishlarga uchradi. Va bularning barcha mintaqadagi barcha hayvonot dunyosi, morjlar, qutb ayiqlari va kitlarga ta`sir ko'rsatmoqda.

Batafsil.

Nazarboyev keyingi prezident farzandi bo'lishi mumkinligiga oydinlik kiritdi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Foto: bloomberg.com

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Bloomberg agentligiga intervyu berdi. Unda qozoq davlati rahbari farzandlarini o'zining siyosiy merosxo'ri bo'lishiga oid savollarga oydinlik kiritdi.

Batafsil.

Smartfonlar uchun soniyali quvvat: AQShda yangi akkumulyator ishlab chiqishdi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari
Foto: UCF

AQShda Florida Markaziy universitetida (UCF) bir necha soniyada to'la quvvatlanuvchi akkumulyator ishlab chiqishdi.

Batafsil.

Stiven Jyerrard futbolchilik faoliyatini yakunladi

Kechki dayjest: 24 noyabrning eng muhim xabarlari

«Liverpul» va Angliya terma jamoasining sobiq sardori Stiven Jyerrard futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e`lon qildi.

Batafsil.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031