Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindiston Pokiston nazoratidagi hududlarga keng qamrovli hujum uyushtirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 44           Дата: 23-11-2016, 12:53          
Hindiston Pokiston nazoratidagi hududlarga keng qamrovli hujum uyushtirdi
Фото: AP

Hindiston armiyasi Kashmirning Pokiston nazoratidagi hududlariga keng qamrovli o't ochishni boshlagani xabar qilinmoqda. Rasmiy Islomobod kamida to'rt nafar tinch aholi vakili halok bo'lganini ta`kidlamoqda.

Hind OAV tarqatayotgan xabarlarga ko'ra, ushbu amaliyotlar hind askarlarining jangarilar tomonidan o'ldirilganiga javoban o'tkazilmoqda. Armiya bo'linmalari o'qotar qurollar va minomyotlardan foydalangan holda Punch, Kel, Rajauri va Machchal nazorat sektori bo'ylab o't ochmoqda. Ular Pokiston armiyasi postlarini nishonga olmoqda.

O'z navbatida, Pokiston armiyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, hududda ketayotgan avtobuslardan biri o'qqa tutilgani oqibatida 4 kishi qurbon bo'lgan, 7 kishi jarohatlangan. Dawn nashri politsiya mahkamasiga tayangan holda 9 kishining halok bo'lgani, 11 kishining yaralangani haqida yozmoqda.

Hindiston armiyasi keng qamrovli amaliyotini kuni kecha o'ldirilgan askarlaridan birining boshi tanasidan uzib tashlangani bilan izohlamoqda. Shu bilan, harbiy manbaning so'zlariga ko'ra, Hindiston bunday jinoyatlar javobsiz qolmasligidan ogohlantirmoqda.

Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar 29 sentabrdagi voqealardan so'ng, tobora taranglashmoqda. O'shanda Hindiston aksilterror amaliyot o'tkazganini da`vo qilib, Pokiston nazoratidagi hududlarga "aniq zarbalar" bergan edi. Islomobod esa, odatdagi chegara to'qnashuvi yuz bergani ikki pokistonlik chegarachining umriga zomin bo'lganini aytgan edi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн