Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hindistondagi poyezd halokatiga ishdan chiqqan rels sabab bo'lgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 37           Дата: 21-11-2016, 09:36          
Hindistondagi poyezd halokatiga ishdan chiqqan rels sabab bo'lgan
Фото: Reuters

Hindiston shimolidagi Uttar-Pradesh shtatida 133 kishining o'limiga sabab bo'lgan tezyurar poyezd halokatiga relsdagi nuqson sabab bo'lgani taxmin qilinmoqda.

Times of India gazetasida qayd etilishicha, ushbu halokat mamlakatda keyingi 6 yil ichida sodir bo'lgan eng jiddiy hodisa bo'ldi.

Nashr ma`lumotlariga ko'ra, qutqaruvchilar poyezd xarobalari ostidan 133 kishining jasadini chiqarib olgan.

Ekspertlarning fikricha, halokat yozgi va qishki harorat o'rtasidagi farq natijasida relsga shikast yetishi oqibatida ro'y bergan. Halokat sabablari haqidagi rasmiy e`lonni keyinroq maxsus komissiya o'qib eshittiradi.

Eslatib o'tamiz, 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00da Kanpur shahridan 100 km masofada Puxrayan stansiyasi hududida 2 ming kishini olib ketayotgan 23 vagondan iborat Indor—Patna tezyurar poyezdi halokatga uchradi. Poyezd o'rta tezlikda harakatlanayotgan bo'lgan, 14 vagon ag'darilgan. Qayd etilishicha, vagonlarning aksari zamonaviy xavfsizlik talablariga javob bermaydigan holatda edi.

Hindiston yo'l vaziri Suresh Prabxu bu hodisa bo'yicha sinchkovlik bilan tekshiruvlar olib borilishi, aybdorlar topilib jazolanishi haqida ma`lum qilgan. U shuningdek, qurbonlarning oilalariga 350 ming rupiydan (5,2 ming dollar) bir martalik mukofotlar, jarohatlanganlarga esa 50 ming rupiydan (735 dollar) berilishi haqida bildirgan. Shuningdek, hodisa ro'y bergan shtat uchun ham moliyaviy ko'mak ajratiladi.

Aholisi 1,2 mlrd kishi bo'lgan Hindistonda temir yo'l eng ommaviy transport vositasi hisoblanadi va har kuni mamlakatdagi temir yo'llar 20 million nafarga yaqin kishini o'z manziliga yetkazadi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031