Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Britaniya harbiy-dengiz floti tarkibidagi kemalar soni yetarli emasligi oshkor etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 39           Дата: 21-11-2016, 09:35          
Britaniya harbiy-dengiz floti tarkibidagi kemalar soni yetarli emasligi oshkor etildi
Фото: Wikiwand.com

Buyuk Britaniya hukumati qirollik harbiy-dengiz flotini modernizatsiya qilish bo'yicha rejalarini qayta ko'rib chiqmasa, u tahdidlar qarshisida kuchsizlanib qolishi mumkin. The Guardian gazetasida chop etilgan maqolada shu haqda so'z yuritilgan.

Mamlakat parlamentining mudofaa masalalari bo'yicha qo'mitasida qayd etishlaricha, qirollik flotidagi harbiy kemalar soni hozirning o'zidayoq «ancha kamdir» va hukumat 2035 yilgacha eskirgan fregatlarni almashtirish bo'yicha reja borasida bir to'xtamga kelmas ekan, vaziyat yanada qaltis tus olishi mumkin.

Britaniya mudofaa vazirligi bu vaqtga kelib, mamlakatni atigi 19ta esmintsi va fregati bilan mudofaa qila oladi. Bu, qo'mita raisi Julian Lyuis ta`biriga ko'ra «juda ham kamdir». Flot tarkibining yanada qisqarishini, uning so'zlariga ko'ra, «qabul qilib bo'lmaydi» va bu holat Buyuk Britaniyani Rossiya hamda Yaqin sharq tahdidlari qarshisida kuchsizlantiradi. Bundan tashqari, London NATO doirasidagi majburiyatlarini ado etish imkonidan mahrum bo'ladi.

Deputatning aytishicha, 2023-2035 yillarda 13ta fregat armiya safidan chiqarilishi kerak. Ammo, yangi kemalarni qurish jadvali va ularni moliyalashtirish «jiddiy xavotirlar»ga sabab bo'lmoqda.

15 noyabr kuni ma`lum qilinganidek, 2018 yilda Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotidagi kemalarga qarshi «Garpun» raketalarini qayta ishlashga yuboradi. Ammo, mamlakat hukumati bu raketalar o'rnini to'ldirish bo'yicha biror chora ishlab chiqmagan.
Bu esa, qirollik harbiy flotini raqib kemalariga nisbatan kuchsizlantiradi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн