Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

AQShda xususiy turmalar Tramp tufayli boyib ketishi mumkin

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 83           Дата: 19-11-2016, 22:31          
AQShda xususiy turmalar Tramp tufayli boyib ketishi mumkin
Фото: © AP

Joriy yil avgustida AQSh adliya vazirligi mamlakat hududida mahbuslarni saqlash uchun xususiy turmalardan foydalanishni to'xtatmoqchi ekanligini e`lon qilgandi. Bu e`lon ortida dunyo axloq-tuzatish tizimidagi eng yirik kompaniya bo'lgan Corrections Corporation of America aksiyalari bir onda qadrsizlanib ketdi va AQShdagi prezidentlik saylovlarigacha qadrsizlanishda davom etib kelgandi.

Biroq Trampning g'alabasidan keyin kompaniya aksiyalari narxi 40 foizga yuqorilab ketdi. Corrections Corporation of America’ning asosiy raqobatchisi GEO GROUP aksiyalari esa 30 foizga qimmatlashdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Bunday keskin o'sishning sababi shundaki, Tramp jinoyatchilikka, jumladan noqonuniy muhojirlarga qarshi qattiqqo'llik bilan kurashishga va`da bergan.

"Biz jinoyatchi va sudlangan barchani – jinoiy to'dalar a`zolari va giyohvandfurushlarni qo'lga olamiz. Ular 2 yoki hattoki 3 mln nafar bo'lishi mumkin. Biz ularni mamlakatdan chiqarib yuboramiz yoki turmaga tiqamiz", deb aytgandi Tramp g'alabasidan keyin bergan intervyusida.

Investorlar xususiy turmalar aksiyalari katta salohiyatga egaligini ko'rmoqdalar, biroq shu bilan birga bu borada ehtiyotkorlik alomatlarini namoyish qilmoqdalar. Trampning bu boradagi rejalari amalga oshsa, axloq-tuzatish muassasalari quvvatlarini qo'shimcha kengaytirish talab qilinishi borasida hozircha aniqlik yo'q.

ICE hisob-kitoblariga ko'ra, ayni vaqtda AQShda sudlanganlikka ega, jumladan viza va grin-kartaga ega bo'lgan 1,9 mln muhojir bor.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031