Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yaponiyadagi Ontake vulqoni otilishi natijasida 50 kishi halok bo‘ldi

Автор: ELLO Комментариев: 0            Просмотров: 1 646           Дата: 5-10-2014, 00:37          

O‘tgan hafta so‘ngida Markaziy Yaponiyada Ontake vulqonining otilishi natijasida 50 kishi halok bo‘lgani shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda shanba kuni Yaponiyada Favqulodda vaziyatlar vazirligi vazifasini bajaruvchi mahalliy yong‘in boshqarmasida berilgan ma’lumotga tayanib, “TASS” xabar qilmoqda, deya yozadi "Daryo" nashri.

Bir hafta avval harakatga kelgan vulqon yonbag‘irlarida qutqaruv operatsiyalari davom etayotgan bo‘lib, ularda mingga yaqin Yaponiya mudofaa kuchlari harbiylari, o‘t o‘chiruvchilar va politsiya xodimlari qatnashmoqda.

Shanba kuni qutqaruvchilar yana to‘rt kishining jasadini topishga muvaffaq bo‘ldi. Tabiiy hodisa sodir bo‘lgan vaqtda rasman Ontake qiyaliklarida bo‘lgan kishilar ro‘yxatini tekshirish asosida aniqlanishicha, 16 kishi bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv xizmatlari vakillari barcha turistlar ham vulqon tomon borishi haqida mahalliy hokimiyatga xabar bermasligi bois yo‘qolganlar soni keskin oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Shuningdek, qutqaruvchilar Ontake etagidagi avtomobil to‘xtash joyida qolgan 20 ta avtomobil egalari bilan hozirga qadar bog‘lana olmadi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya poytaxti Tokiodan 200 kilometr va yirik markaziy shahar Nagoyadan 100 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Ontake vulqoni 27-sentabr, shanba kuni tongda otila boshladi.




Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн