Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bill Geyts eng saxiy amerikalik milliarder deb tan olindi

Автор: ELLO Комментариев: 0            Просмотров: 1 512           Дата: 3-10-2014, 13:12          

Foto: “ITAR-TASS”

Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts Forbes jurnalining eng saxiy amerikalik milliarderlar ro‘yxatiga yetakchilik qildi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi, deya yozadi "Daryo" nashri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Geyts xayriya ishlariga 2,65 milliard dollar sarflagan. Mablag‘ning katta qismini u bezgak, poliomiyelit va boshqa xavfli kasalliklarga qarshi kurash uchun xayriya qildi.

Forbes versiyasiga ko‘ra, 81,2 milliard dollarlik davlatga egalik qiluvchi Geyts, ketma-ket 21 yildan buyon AQShdagi eng boy kishi bo‘lib kelmoqda, shu yilning mart oyida esa jurnal uni sayyoradagi eng badavlat odam deb ham e’tirof etdi.

O‘z umri davomida milliarder turli xayriya tashkilotlariga 30 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi, bu uning joriy davlatining deyarli 40 foizini tashkil etadi.

Eng saxiy amerikalik milliarderlar ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani investor Uorren Baffet egalladi. 2013-yilda u xayriya maqsadlariga Geytsdan sal kamroq — 2,63 milliard dollar sarfladi. O‘z pullarining katta qismini investor Bill va Melinda Geytsning o‘zi vasiylik qiladigan oilaviy xayriya fondiga yo‘naltirdi.

Reytingning keyingi o‘rinlarini “Este Lauder” Amerika kosmetika imperiyasi merosxo‘ri Leonard Lauder (1,1 milliard dollar), Facebook asoschisi Mark Sukerberg (991 million dollar), moliyachi Jorj Soros (734 million dollar) egalladi.




Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031