Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

National Interest: AQSh o'zi qilayotgan ishlarda boshqa davlatlarni ayblamoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 118           Дата: 10-09-2016, 14:17          
National Interest: AQSh o'zi qilayotgan ishlarda boshqa davlatlarni ayblamoqda

AQSh Rossiya va boshqa davlatlarni fitnalarda ayblayotgan bo'lsa-da, aslida uning hatti-harakatlari fitnalidir, deb yozmoqda The National Interest nashri. Maqola muallifi Ted Galen Karpenter o'z maqolasida turli hil vaziyatlarni tahlil qilib, AQSh qurolli kuchlarining ayblovi, ularning harakatlariga tamoman zidligini ta`kidlaydi. Ya`ni, Amerika qurolli kuchlari o'z hududlaridan uzoqda bo'lishi hamda boshqa davlatlarning milliy manfaatlari doirasida harakatlanganiga qaramay, aynan o'sha davlatlarni fitnalarda ayblamoqda.

"Bu mavzu, bizlar eng ko'p duch kelayotgan masaladir: go'yo AQShning halqaro harbiy maydondagi barcha harakatlari nafaqat qarshilikka uchramasligi, balki bu borada savol yoki tanqidga o'rin qoldirmasligi kerak", — deb yozadi muallif.

Karpenter o'z fikrining isboti sifatida Rossiya bilan Suriya, Boltiqbo'yida, Eron bilan Fors ko'rfazida, Hitoy bilan Janubiy Hitoy dengizida yuz bergan vaziyatlarni yodga oladi.

Hususan, Vashington va Amerika OAV Moskvani Suriya mojarosiga harbiy aralashuvini qoralar ekan, o'zining undagi ishtirokini nafaqat normal holat, aksincha zarurat nuqta-i nazaridan baholagandi.

"Amerika lochinlari, Suriya Rossiya chegaralaridan ming kilometrdan ham kamroq uzoqlikda joylashganiga e`tibor ham bermay, Rossiyaning harakatlaridan g'azablanmoqda. Buning ustiga, hukmron Asad oilasi qachonlardan beri Moskvaning "siyosiy mijozi" hisoblanadi", — deya izohlaydi Karpenter.

AQSh Boltiqbo'yida ham huddi shunday ikki hil standartlar siyosatini qo'llayapti. Rasmiy Vashington, bir necha marta Rossiya harbiy kemasi yoki samolyoti Amerika harbiy kemalariga noqulaylik yaratganidan kuyinib shikoyat qildi. Ammo, nahotki, hukumat vakillarining miyasiga, rasmiy Moskva, Rossiya chegaralarining bevosita yaqinida harakatlanayotgan amerikaliklarni tahdid sifatida ko'rishga to'la haqli, degan fikr kelmagan bo'lsa.

"AQSh qurolli kuchlarining har qanday harakati, hatto ular boshqa yirik davlatlarning yaqinida amalga oshirilganida ham fitnaga sabab bo'la olmaydi, degan pozitsiya tobora kuchayib borayapti".

Muallifning yozishicha, Vashington o'z hududidan minglab kilometr uzoqlikdagi Janubiy Hitoy dengizida ham huddi shunday yo'l tutmoqda. Albatta, AQSh bu holatda o'zining emas, balki Hitoy HHK va HDFning amaliyotlarini "havfli, fitnali va nomaqbul" deya jar solgan, garchi bu mintaqa AQShdan ko'ra HHRga yaqinroq bo'la ham.

Avgust oyida Fors ko'rfazida AQSh va Eron kemalari havfli masofada yaqinlashdi. Islom respublikasining uncha katta bo'lmagan patrul kemasi Amerikaning minonosetsini quvib Yetib, uni kuzatib qo'ydi. Oq uy shu ondayoq, bu hodisani "dahshatli finta" deya baholadi.

"Aftidan, hech kim bu voqeani AQSh fitnasi deb hisoblamagan ko'rinadi. Ahir, og'ir qurollangan minonosetsni boshqa harbiy kemalar hamrohligida o'z hududidan 6 ming mil' uzoqlikda, Eron sohillarining bir necha mil' yaqinida boshqarish fitnadan boshqa narsa emas-ku", — deya kuyinadi maqola muallifi.

Karpenterning so'zlariga ko'ra, Amerika hukumati va OAV, boshqa mamlakatlar AQShning bu kabi hatti-harakatlarini do'stona qabul qilmasligi tabiiy hol ekanini anglab Yetishi kerak.

""Biz yahshi insonlarmiz, shuning uchun biz nima qilsak hato ham emas, fitna ham", degan, faqat o'zini qoniqtiradigan fikr— bir vaktning o'zida ham havfli, ham homhayoldir", — deb hulosa qilgan Ted Galen Karpenter.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн