Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Tramp Rossiya bilan "juda va juda yahshi" munosabatlarni yo'lga qo'ymoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 61           Дата: 8-09-2016, 14:10          
Tramp Rossiya bilan "juda va juda yahshi" munosabatlarni yo'lga qo'ymoqchi

AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo'lgan Donal'd Tramp saylovda g'alaba qozongudek bo'lsa, Rossiya bilan "juda yahshi" aloqalar o'rnatishini ma`lum qildi.

"Menimcha biz Putin va Rossiya bilan juda va juda yahshi munosabatda bo'lamiz... O'ylaymanki, men ular bilan kelishaman", degan Tramp NBC News telekanali efirida.

U Putinning Rossiyadagi nufuzi Obamaning AQShdagi nufuzidan yuqoriroq ekani haqida fikr bildirgan.

Telekanal muhbiri suhbat vaqtida Trampga uning "Putindan maqtov eshitish yoqimli ekanini tan olgani" haqida aytgan gapini eslatgan. Jurnalist Rossiya rahbari haqida salbiy fikr uyg'otishga harakat qilgan, uni Qrimni anneksiya qilishda, Suriya va Eronni qo'llab-quvvatlashda, "AQShning mintaqalardagi ta`sirlariga zarar Yetkazishda" ayblagan. Shuningdek, rossiyalik hakerlar Demokratik partiya vakillariga kiberhujumlar uyushtirib, AQShdagi saylovlarga ta`sir ko'rsatishga urinishini eslatib o'tgan.

Tramp ohirgi ayblovga shunday munosabat bildirgan: "Bu aslida shunday bo'lgan-bo'lmaganini hech kim bilmaydi".

"Siz men Obama nima ishlar qilgani haqida eslatishimni istayapsizmi?", deya ayblovlarga javob bergan respublikachi nomzod.

"Agar Putin meni maqtagan bo'lsa, men buni qabul qilaman. Lekin u bundan biron naf ko'radi deb o'ylamayman... Bu ahamiyatga ega emas", degan va AQSh prezidenti bo'lganida birinchi navbatda mamlakat manfaatlarini himoya qilishiga shama qilgan.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн