Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Huffington Post: Klintonga ovoz berish – Rossiya va Hitoy bilan urushishga ovoz berishdir

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 55           Дата: 8-09-2016, 10:42          
Huffington Post: Klintonga ovoz berish – Rossiya va Hitoy bilan urushishga ovoz berishdir

AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton Amerikaning va boshqa mamlakatlaridan o'ziga hosligiga ko'r-ko'rona ishonishi barobarida urushlar olib borish siyosatini qo'llab-quvvatlaydi, shunga ko'ra, u Hitoy va Rossiya bilan qurolli mojaro keltirib chiqarishi ham mumkin, deb yozmoqda Huffington Post sharhlovchisi Bryus Feyn.

"Agar siz, Rossiya va Hitoy halqlariga ozodlik, adolat, qadr-qimmat va tsivilizatsiyani Yetkazish borasida “ilohiy vazifa”ni bajarish lozim va buning uchun ularga qarshi Kongress tomonidan e`lon qilinmagan urush zarur, deb hisoblasangiz, prezidentlik uchun demokratlar nomzodi Hillari Klintonga ovoz bering", — deydi Feyn. Uning hotirlashicha, demokratlarning "Qo'shma Shtatlar — insoniyat lokomotivi, dunyoning boshqa qismi — tormoz vagonlari" degan qat`iy ishonchi qachonlardir V'Yetnam urushiga olib kelgandi.

Muallif Klintonning avgust oyida Amerika legioni oldida qilgan ma`ruzasini yodga olib, uning agressiv ohangdagi, vatanparvarlarning eng nozik joyidan olgan holda, tashqi siyosatdagi qarashlarini izhor qilganini ta`kidlaydi.

Klinton honim, o'shanda AQShning "o'ziga hos" va "tengi yo'q" mamlakat ekanligini qayd etib, butun dunyo va halqlar AQSh Yetakchiligini kuzatib turganini, Vashington o'zining "yuqoridan belgilangan" vazifasini bajarmay qo'ysa, jahon boshboshdoqlik va tartibsizlik girdobida qolishi mumkinligini katta ishonch bilan qayd etgan edi.

"Har holda, 1776 yilda Yer sayyorasida AQSh degan davlat paydo bo'lgunicha ham minglab yillar davomida dunyo mavjud bo'lgani Klinton honimni unchalik ham o'ylantirmaydigan ko'rinadi", — deya qayd etadi muallif.

Klintonning tinchlik, taraqqiyot va erkinlik tushunchalari haqidagi qarashi qanday ekanini, uning senator, davlat kotibi va AQSh prezidentligiga nomzodligi vaqtidagi faoliyatlaridan ham bilsa bo'ladi.

"U urushlarni, ya`ni Afg'oniston, Iroq, Yaman, Somali va Liviyada insonlarni qasddan o'ldirishga qonuniy tus berishni qo'llab-quvvatlagan va shunday qilmoqda", — deyiladi maqolada. AQShning bu mamlakatlardagi harbiy mojarolarga aralashuvi esa, tartibsizlikka barham berishi o'rniga uni kuchaytirdi holos

"Klinton davlat kotibi lavozimida ishlagan vaqtlarda Ukrainadagi tuzumni ag'darishga rejissyorlik qildi, shundan so'ng, yangi hukumatga harbiy yordam berish fikrini himoya qildi. U, shuningdek, Rossiya manfaatlari doirasiga kiruvchi Boltiqbo'yi mamlakatlari va Pol'shada Amerika harbiylari sonini kengaytirishni ma`qullaydi".

Rossiya va Hitoyga chin ma`noda “maydon o'qish” nimalarga olib kelishini tasavvur qilish uchun tarih sahifalarida ma`lumotlar Yetarli. Hususan, HHR Koreya yarimorolidagi urush davrida, AQShning kuch ishlatishi haqidagi tahdidlaridan so'ng, general Duglas Makartur armiyasiga 3 mln kishilik harbiy va fuqarolardan iborat yirik kuchni yuborgan edi. SSSR esa, o'z vaqtida AQShning Turkiya va Italiyada yadro kallaklarini joylashtirganiga javoban Kubaga raketalarini olib borgandi.

Shunday ekan, Hillari Klinton Rossiya, Hitoy va yoki har qanday tormoz vagoni bo'lishni istamagan davlat bilan urush qilishga tayyor.

"Men sizni ogohlantirdim", — deya hulosa qiladi Feyn.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн