Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Hitoyda bo'lib o'tgan G20 sammitining birinchi kunida yuz bergan yodda qolarli voqealar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 104           Дата: 6-09-2016, 08:09          
Hitoyda bo'lib o'tgan G20 sammitining birinchi kunida yuz bergan yodda qolarli voqealar

2016 yil 4-5 sentyabr' kunlari Hitoyning Hangjou shahrida “katta yigirma” deb ataluvchi davlatlar guruhining sammiti bo'lib o'tdi. Ayni chog'da, unda muhokama etilgan mavzular keng muhokama etilmoqda. Biz esa, sammitning birinchi kuniga oid yodda qolarli voqealarga to'htalmoqchimiz.

Uning tantanali ochilish marosimi ajoyib suvli-olovli tomosha bilan boshlandi. Ko'plab mahsus effektlar yorqin alangalar bilan birga ertakmonand muhitni shakllantirdi.

Barcha ishtirokchilarning umumiy suratga tushishi vaqtida jahon Yetakchilarining vaqti tig'iz ekanini yaqqol sezish mumkin. Ular imkon topdi, deguncha turli dolzarb masalalarni muhokama etishga harakat qilishdi.

Suratga tushish vaqtida markaziy joyni mezbon, HHR raisi Si Tszin'pin egallab, uning chap va o'ng tomonida bittadan keyingi joylarni AQSh hamda Rossiya Yetakchilari egallashdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin frantsiyalik hamkasbi Fransua Olland yonida turgan vaqtda uning yoniga Turkiya davlat rahbari Erdo'g'an kelib, Putin bilan ko'rishib, uning yonginasida turishga qaror qildi.

Hitoyda bo'lib o'tgan G20 sammitining birinchi kunida yuz bergan yodda qolarli voqealar

So'ngra, delegatsiyalar rahbarlariga AQSh Yetakchisi Barak Obama ham qo'shildi. U, bir necha davlat rahbarlari, hususan Germaniya kantsleri Angela Merkel' bilan so'rashib, uning yonida joy egalladi.

Jahon OAV tomonidan sammit chog'ida yuz bergan va keng muhokama qilingan voqealardan biri, AQSh prezidentining kutib olinishi bo'ldi. Hanchjou aeroportida AQSh prezidenti kelgan samolyotning asosiy eshigiga qizil gilam to'shalgan trapni keltirishmadi. Shu bois u, samolyotning orqa qismidagi zahira trapidan tushishga majbur bo'ldi.

Hitoyda bo'lib o'tgan G20 sammitining birinchi kunida yuz bergan yodda qolarli voqealar

Umum qabul qilingan amaliyotga muvofiq, Obama bilan birga kelgan reporterlarning barchasi prezident samolyoti qanotlari ostiga to'plandi. Jurnalistlar uning tushishini havfsizlik hizmatlari tomonidan belgilangan ko'k tasma ortidan kuzatib turishdi. Shundan so'ng, Hitoy havfsizlik hizmati hodimlaridan biri jurnalistlardan yo'qolishni talab qildi, deb yozadi Rosbalt.

Obama delegatsiyasi vakilasi qo'riqchiga bu AQSh prezidentiga tegishli Amerika samolyoti ekanini hotirlatishi bilan, u «Bu bizning mamlakat! Bu bizning aeroport!», deya o'shqirib bergan.

Bunga javoban, AQSh prezidentining milliy havfsizlik maslahatchisi S'yuzan Rays va prezident yordamchisi Ben Rods uchish maydoni bo'ylab Obamaga yaqinlashmoqchi bo'lib, ko'k tasmani ko'tarishganida, HHR havfsizlik hizmati hodimlari ularning yo'lini to'sishgan.

«Bunday bo'lishini biz hayolimizga ham keltirmagandik», — deya voqeani izohlagan Rays.

Obamaning o'zi sammit ancha samarali boshlanayotganini ta`kidlab, aeroportdagi hodisalarga unchalik ham jiddiy e`tibor bermaslikka chaqirdi. Har doim, geosiyosatda raqobatlashadigan HHR va AQSh vakillari kun davomida bir necha marotaba dahanaki jang ham qilishdi.

Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda ochilish marosimida pinakka ketgan Barak Obama videosi paydo bo'ldi. Ha, Amerika Yetakchisi Hitoyda bo'lib o'tayotgan G20 sammiti ochilish marosimida uhlab qoldi. Videolavhada, siyosatchi birmuncha vaqt boshini ikki barmog'iga tayagan holda ko'zlarini yumib o'tiradi. Biroq, yana bir tahminlarga ko'ra, u shunchaki o'yga cho'mgani ham ehtimol.

Angela Merkelning Hitoyga kelishi ham keskin ruhda bo'lib o'tdi. Nemis kantsleri hafa ko'ringan holda jurnalistlar oldidan shahdam qadamlar bilan jahon Yetakchilarining G20 sammitidagi ilk uchrashuvi bo'lib o'tgan zalni tark etdi.

Uning kayfiyati aks etgan videolavhani jurnalist Dmitriy Smirnov Twitter sahifasiga joylashtirgan. Balki, HHR raisi bilan uchrashuvi vaqtida yuz bergan ko'z ilg'amas voqelik Merkel' honimning asabiga tekkandir. U, ko'rishgandan so'ng, bayroqlar yonida qolishni yoki u Yerni tark etishni ham bilmay, bir lahza to'htab qolgandi.

G20 sammitining yana bir yorqin holati Argentina prezidentining rafiqasi paydo bo'lishidir

Ayrim blogerlar esa, davlat rahbarlari, ularning nutqlari va hatto ularning libosiga umuman e`tibor berishmayapti. Ular, davlat va hukumat Yetakchilarini qanday taomlar bilan mehmon qilishayotganiga diqqat chekishgan. Jurnalistlar, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga turli hil desert va taomlar suratlarini joylashtirishdi. Ahir bu ham ko'pchilikda qiziqish uyg'otishi aniq.

Sammitning bugungi va so'nggi ish kunida, savdo va investitsiyalar, oziq-ovqat havfsizligi, infratuzilmalar sohalaridagi hamkorlik masalalari va boshqa mavzular muhokama etildi.

G20 mamlakatlari innovatsion o'sish bo'yicha dasturni shakllantirishdi. Bundan tashqari, sammit kun tartibiga oid bo'lmagan boshqa muammolar, hususan, dunyoning qator mintaqalaridagi beqarorlik, halqaro terrorizm, iqlim o'zgarishi kabilar yuzasidan fikr almashildi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн