Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

General: AQSh Arktika mintaqasida Rossiyadan ancha ortda qolmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62           Дата: 30-08-2016, 20:30          
General: AQSh Arktika mintaqasida Rossiyadan ancha ortda qolmoqda

AQSh Arktikani o'zlashtirishga tayyorgarlik borasida Rossiyadan sezilarli darajada ortda qolmoqda. Amerika generali Pol Sel'vaning fikricha, ayni shu mintaqa global raqobatning navbatdagi maydoni bo'ladi, deb yozadi Business Insider.

Arktika muzliklarining erishi yangi transport yo'nalishlarini ochish barobarida jahonning shu paytga qadar aniqlanmagan neft' va tabiiy gaz zahiralarining 22 foizini o'zlashtirish imkonini taqdim etadi. Biroq, Rossiya yangi imkoniyatlardan faol ravishda foydalanayotgan bir vaqtda, AQShning bu mintaqadagi ishtiroki unchalik ham sezilarli ko'zga tashlanmayapti.

"Biz, Arktikada qandaydir ko'rinishda paydo bo'lish bo'yicha jismoniy imkoniyatlarga ega emasmiz. Biz bunga jiddiy e`tibor berishimiz kerak", — degan Sel'va.

Maqolada qayd etilishicha, bugungi kunda Rossiya ihtiyorida 20dan ortiq muzyorar kemalar mavjud, AQShda esa atigi ikkita shunday kema bor.

"Bizga, bittami... o'n ikkitami... nechta muzyorar kemalar zarurligini mutahassislar hal qilishsin. Biroq, strategik nuqta-i nazardan olib qaraganda, Arktikadagi o'zgarishlar jarayonini tushunish va boshqarish, kuzatuv olib borish imkoniyatiga ega bo'lish bizning manfaatlarimiz, shuningdek, Arktika bilan chegaradosh mamlakatlar, hususan Rossiya manfaatlari doirasiga kiradi. To'g'ri, muzyorarlar masalani hal qilmaydi, biroq, ular mazkur muammoni hal etishning bir qismi bo'lishi mumkin", — deya ta`kidlagan Amerika generali.

Shunga qaramay, deyiladi maqolada, so'nggi vaqtlarda bu borada ko'p narsa o'zgargani yo'q.

Bir yilgina muqaddam, AQSh sohil qo'riqlash hizmati komendanti Pol Tsukunft, "AQSh Rossiya bo'lgan ligada emas. AQSh umuman bu o'yinda emas", degan edi.


Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн