Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Le Monde: Turkiya rasmiy Moskva roziligisiz Suriyaga kira olmagan bo'lardi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 61           Дата: 26-08-2016, 13:14          
Le Monde: Turkiya rasmiy Moskva roziligisiz Suriyaga kira olmagan bo'lardi

Rossiyaning Suriyadagi vaziyatga ta`siri shunchalik ulkanki, Moskvaning sukut saqlash bilan bildirgan roziligisiz, Turkiya terrorchilarga qarshi zarba berish jarayoniga qo'shila olmas edi, deb fikr yuritadi Le Monde gazetasi. Aslini olganda, rasmiy Anqara IShID jangarilariga qarshi kurashyapti, deyish o'rniga, o'z chegaralari yaqinida kurd bo'linmalarining birlashishiga yo'l qo'ymayotganini ta`kidlash to'g'riroq bo'lar edi.

Shu paytga qadar, Rossiya hech qachon Suriyadagi voqealar rivojini belgilab bermagan edi, deb yozadi Frantsiya nashri. Shu boisdan ham, garchi rasmiy Moskva Turkiyaning Suriyadagi mojaroga aralashuvidan chuqur taassufini bildirganiga qaramay, aytish mumkinki, Kreml' ma`muriyati ovoza qilinmagan roziligini bildirmaganida, Turkiya armiyasi Suriyaga kirishga o'zida jur`at topa olmas edi. Ahir, Rossiya aviatsiyasining Suriya shimoli-g'arbini nazorat qilayotganini yoddan chiqarmaslik lozim.

Ayni vaqtda, Suriyadagi Rossiya, BMT Asad kuchlari mintaqada kimyoviy qurolni qo'llagani haqida ma`lum qilgan bo'lsa-da, ham diplomatik va ham harbiy kuch jihatidan hal qiluvchi o'rinni egallab turibdi. Kimyoviy qurolni qo'llash bilan bog'liq ayblovlar rasmiy Moskvaga birmuncha diplomatik muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Chunki, aynan Rossiya prezidenti Bashar Asad tuzumini hokimiyatda saqlab qolish imkonini bergan kimyoviy qurolni yo'q qilish tashabbusini ilgari surgan edi. Shu boradagi bitim buzilgani tufayli uning oqibatlari tez orada ko'zga tashlanadi, deb ogohlantiradi Le Monde.

Qolgan barcha masalalarda tarozining og'ir pallasi Rossiya tomonda, deb hisoblamoqda maqola muallifi. 26-avgust kuni AQSh va Rossiya tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari mintaqada o't ochishni to'htatishga oid kelishuvga erishish maqsadida JYenevada uchrashishadi. Frantsiya esa, Halab nazoratini qaytarib olish uchun zarbalarni kuchaytirayotgan Asad tuzumini Rossiya qo'llab-quvvatlashda davom etayotganidan havotirda. Shu bilan birga, rasmiy Parij va arab davlatlari AQShni jur`atsizlikda ayblamoqda.

Vashington, Parij ma`muriyati singari Turkiyaning IShID jangarilariga qarshi kurashini olqishlagan bo'lsa ham, ular turklarning asl maqsadi kurd jangovar guruhlarining Turkiya chegarasi yaqinida birlashishiga yo'l qo'ymaslik ekanini yahshi tushunmoqda.

Putin va Erdo'g'anning uchrashuvidan so'ng, Turkiyaning Suriyaga nisbatan siyosati o'zgarishi o'z hosilini bera boshladi, deyish mumkin. Dastlab, Bashar Asadni hokimiyatdan chetlatish zarurligini baland ohangda uqdirib kelgan Turkiya, endilikda, Asadni «urushdagi tomonlardan biri» va muzokaralarda qatnashishi lozim bo'lgan tomon vakili deb atamoqda. Albatta, rasmiy Anqara uning Suriya kelajagidagi o'rnini hozircha tan olganicha yo'q. Shu bilan bir vaqtda, Turkiya hukumati Damashqning muhim ittifoqchilari Moskva hamda Tehron bilan samarali muzokaralar olib bormoqda. Ular hatto inqirozdan chiqish bo'yicha «yo'l haritasi»ni tuzib olish imkoniyati haqida fikr bildira boshlashdi.

Shunga ko'ra, aytish mumkinki, deb yozadi Le Monde, rasmiy Moskva o'z vaqtida kurdlardan voz kechdi. Ahir, bir vaqtlar Rossiya ularni qurollar bilan ta`minlagandi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031