Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Forbes Rossiyaning eng boy sulolalari ro'yhatini e`lon qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59           Дата: 26-08-2016, 12:58          
Forbes Rossiyaning eng boy sulolalari ro'yhatini e`lon qildi

Forbes jurnali Rossiyaning 2016-yildagi eng muvaffaqiyatli tadbirkor sulolalari ro'yhatini chop etdi.

Ro'yhatning birinchi raqamiga BIN guruhi egalari bo'lgan GutseriYevlar sulolasi loyiq ko'rilgan. Ularning boyligi bir yil ichida 2,5 martaga ko'payib, 9,8 mlrd dollarga Yetgan. Forbes nashrining yozishicha, ularga tegishli guruh bir yilda 1,5 mlrd dollarlik bitimlarni amalga oshirgan.

Ikkinchi o'ringa Rotenberglar sulolasi joylashtirilgan. Jurnal ma`lumotlariga ko'ra, 2007-yili aka-uka Arkadiy va Boris tashkil qilgan "Stroygazmontaj" kompaniyasi Rossiya neftgaz bozorining yirik pudratchisiga aylanib ulgurgan. Ularning kompaniyasi davlat va davlat kompaniyalaridan 556 mlrd rubllik buyurtma qabul qilishgan. Ularning boyligi 2,8 mlrd dollarga baholangan.

Badavlat uchlikni aka-uka Aleksey va Dmitriy Anan'Yevlar sulolasi yakunlagan. Ular - Promsvyaz'bank va "VozrojdeniYe" banki egalari hisoblanishadi. Bundan tashqari, "Tehnoserv" tizim integratori, "Gruppa PSN" developeri hamda Moskvadagi ikkita yirik tipografiya aka-ukalarga tegishli. Forbes jurnali ularning ham boyligi 2,8 mlrd dollar ekanini yozgan.

"Rossiya" bankining egalaridan biri Nikolay Shamalov oilasi 2,4 mlrd dollarlik boylik bilan to'rtinchi o'ringa munosib ko'rilgan. Uning o'g'li Kirill SIBURning 21,3 foizlik aktsiyasiga egalik qiladi. Uning boyligi so'nggi yarim yilda 1,1 mlrd dollarga ko'paygan.

Badavlat sulolalar beshligini Tatariston sobiq prezidenti Mintimer ShaymiYev o'g'illari yakunlamoqda. Radik va Ayrat Tatariston neft' kimyo sohasida ulushlarga ega: ularning har biri TAIF guruhining ("TAIF-NK", "Nijnekamskneftehim", "Kazan'orgsintez", TGK-16) 19,5 foizdan aktsiyalari sohibi hisoblanishadi.

Umuman, o'tgan yil bilan taqqoslaganda, ro'yhatning birinchi o'nligidan joy olgan sulolalarning boyligi qariyb 40 foizga oshib, 18 mlrd dollardan 25 mlrd dollarga Yetgan.


Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн