Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Olimlar hayot kechirish mumkin bo'lgan ekzosayyorani aniqlashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 71           Дата: 26-08-2016, 13:18          
Olimlar hayot kechirish mumkin bo'lgan ekzosayyorani aniqlashdi

Astronomlar bizning Quyosh tizimiga yaqin sayyorani aniqlashdi. Gap, inson yashashi mumkin bo'lgan Proksima B ekzosayyorasi haqida bormoqda. U, Proksima Tsentavra yulduzi atrofida aylanadi, deb ma`lum qilishgan olimlar Nature jurnalida e`lon qilingan maqolasida.

Londondagi Qirolicha Mariya Universiteti bir guruh olimlarining hulosalariga ko'ra, Yerga bundan o'hshash ekzosayyora yo'q va bo'lishi ham mumkin emas.

"Hushhabar shundan iboratki, sayyora yaqin joylashgan. Biroq, uning fazodagi qo'shnimiz ekani astronomlarning ushalgan orzusidir", - deb ta`kidlagan Ansgar Reyners.

"U, shu paytga qadar aniqlangan Yerga o'hshash, ammo Quyosh tizimidan tashqarida joylashgan sayyoralarning eng yaqini, balki kelajakda ochilishi mumkin bo'lganlarning ichida ham yaqini bo'lsa ajab emas. Chunki, Proksima Tsentavra yulduzi Quyosh tizimiga eng yaqin yulduz hisoblanadi. Shunga ko'ra, uning atrofidagi sayyora ham Yerga eng yaqinidir", - deb izohlagan Anglada-Eskude.

Proksima B ekzosayyorasi Quyosh tizimidan atigi 4,2 yorug'lik yili masofasida joylashgan. Boshqacha ifodalaganda, Quyosh bilan Yer o'rtasidagi masofadan 266 ming marta uzoqroqda. Shu paytga qadar, bizga eng yaqin sayyoralar sifatida TRAPPIST-1 yulduzi atrofidagi sayyoralar hisoblanardi. Yerdan ulargacha bo'lgan masofa esa 40 yorug'lik yiliga tengdir.

Proksima B sayyoramiz vaznidan 1,3 marta og'irroq bo'lib, Yulduzi bilan oralig'i Quyosh va Yer masofasining 5 foiziga teng. Shunga qaramay, Proksima Tsentavra Quyoshdan ancha sovuqroq bo'lgani sababli, Proksima B sathida suyuq suv bo'lishi ehtimol.

Olimlarning fikricha, sayyorada atmosfera ham bo'lishi mumkin, chunki undagi havo harorati 30-40 daraja atrofida. Atmosfera bo'lmaganida noldan 28,9-40 daraja past bo'lar edi.

Biroq, Proksima Bga ijobiylari bilan birga salbiy omillar ham ta`sir ko'rsatmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, ul'trabinafsha va radiatsion nurlar Yerdagidan 100 baravar kuchliroqdir.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031