Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

WSJ: Suriyadagi amaliyotlar Turkiya tashqi siyosatidagi tub burilishni anglatadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 59           Дата: 26-08-2016, 13:03          
WSJ: Suriyadagi amaliyotlar Turkiya tashqi siyosatidagi tub burilishni anglatadi

Turkiya armiyasining Suriyada harbiy amaliyot o'tkazishi, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anning tashqi siyosatida jiddiy o'zgarishlar yuz berganini anglatadi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Nashrga ko'ra, Erdo'g'an shu bilan iqtisodiyot va havfsizlikka putur Yetkazayotgan va uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan “halqaro qamal”dan chiqishga hamda AQSh kabi hamkorlari bilan yaqinlashishga urinmoqda.

«Biz duch kelayotgan voqealar Suriyadagi vaziyat va Suriyaga nisbatan siyosatimiz oqibatidir», — degan Turkiya bosh vaziri o'rinbosari No'mon Kurtulmush.

Yuqori lavozimli mulozimning so'zlariga ko'ra, tashqi siyosatni qayta ko'rib chiqish, diplomatiyaga birmuncha pragmatik yondashuvni anglatadi. Ularning aytishicha, Suriyada zo'ravonliklarga barham berishga urinish Rossiya bilan yarashishga yordam bergan. Endilikda, AQSh bilan munosabatlarni iliqlashtirish bosh vazifadir. Nashr manbasining ma`lum qilishicha, Turkiya rasmiy Vashington va Tehron o'rtasidagi o'ziga hos diplomatik vositachi bo'lishni istamoqda.

WSJ nashri Turkiyaning Suriyaga nisbatan tashqi siyosatida yuz bergan o'zgarishlar qatoriga, Anqaraning prezident Bashar Asadga nisbatan tutib kelgan keskin pozitsiyasi yumshaganini kiritish mumkin. Bundan avval, u faqat Asad qanday bo'lmasin ag'darilishi kerak, degan fikrni himoya qilib kelayotgan edi.

Endilikda, Turkiyaning harbiy jangovar amaliyotlari, uning Suriya hududiy yahlitligi borasida AQSh, Rossiya va Eron bilan maqsadi umumiyligini bildiradi. Nashrning ta`kidlashicha, rasmiy Vashington va Anqara, suriyalik kurdlar o'z majburiyatlariga rioya qilmayapti, deb hisoblamoqda. Rasmiy shahslar, agar ittifoqchilar ularni kurd yo'nalishida qo'llab-quvvatlashsa, ko'plab diplomatik muammolarga ko'z yumishga tayyor ekanliklarini aytishmoqda.

«Barchasini unuting. Agar ular biz bilan shu masalada yakdil bo'lishsa, biz ular bilan muloqotni davom ettiramiz», — degan yuqori lavozimli turk mulozimi.

Manba: Kun.uz


Категория: Мир  Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн